Connected.uz — bu soha mutaxassislarini mijozlar bilan 1:1 konsultatsiya va professional uchrashuvlar uchun bog‘lovchi platforma. Hozirgi kunda o‘sib borayotgan jamoamizga faol va mas’uliyatli mutaxassis kerak.
Vazifalar:
-
Platformamizga yangi ekspertlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, ularga profil ochishda yordam berish
-
Ekspertlar bilan doimiy aloqa olib borish (Telegram, telefon orqali)
-
Ularni platforma imkoniyatlari bilan tanishtirish, savollariga javob berish
-
Platformadagi "Ekspert haqida" bo‘limlarini to‘ldirish, tarjima qilish va tartibga solish
-
Zaruriy hujjat va shakllarni to‘ldirishda yordam berish
-
Yangi ekspertlarni topishda yordam berish (LinkedIn, Telegram, shaxsiy kontaktlar orqali)
Talablar:
-
O‘zbek va rus tillarida erkin muloqot qila olish, ingliz tili — afzallik
-
Kopirayting, PR, jurnalistika, tarjimonlik va marketing yoki mijozlar bilan ishlash sohalaridan biri bo‘yicha tajriba
-
Yaxshi yozma va og‘zaki muloqot ko‘nikmalari
-
Mas’uliyatli, faol va mustaqil ishlay oladigan, boshlanayotgan loyiha sharoitida o‘sishni istovchi
Sharoitlar:
-
Gibrid ish formati (masofaviy + ofis)
-
Ish haqi: $350–$500 + bonuslar (tajriba va natijaga qarab)
-
Rivojlanayotgan startapda o‘sish imkoniyati
-
Ijodiy va do‘stona jamoa