
ABABIN
Reklama mutaxassisi
- Деловое общение
- Организаторские навыки
- Внутренняя реклама
- Закупка рекламных материалов
- Русский — B2 — Средне-продвинутый
- Узбекский — C2 — В совершенстве
ASKO kompaniyasida Marketing bo‘limiga Reklama mutaxassisi kerak!
Kompaniya haqida
ASKO — O‘zbekistondagi eng yirik avtoshina, disk va akkumulyatorlar savdosi bilan shug‘ullanuvchi tarmoq kompaniya. Bugungi kunda mamlakat bo‘ylab 50 dan ortiq filiallarimiz muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Bizda faqat savdo emas — jamoa qadriyatlari, do‘stona muhit va rivojlanish imkoniyatlari mavjud.
Sizni qanday vazifalar kutmoqda?
-
Do‘konlarni o‘z vaqtida reklama materiallari bilan ta’minlash;
-
Do‘konlarda reklama jarayonlarini nazorat qilish;
-
Banner, bayroq va boshqa tashqi reklama materiallarini yangilab borish;
-
Do‘kon tepasidagi logotiplarning soz holatda bo‘lishini ta’minlash, hujjatlarini yuritish;
-
Yangi do‘kon ochilishida eksteryer va interyer ishlarini tashkillashtirish, ochilish tadbirini o‘tkazish;
-
Aksiyalarni tashkil etish va o‘tkazish;
-
Marketing bo‘limining boshqa reklama faoliyatlariga ko‘maklashish.
Talablar:
-
Reklama va marketing sohasida kamida 1 yil tajriba (savdo sohasi tajribasi afzallik beradi);
-
O‘zbek tilini mukammal bilish, rus tilini bilish afzal;
-
MS Office (Word, Excel, PowerPoint) dasturlaridan foydalanish ko‘nikmasi;
-
Tashqi reklama va tadbirlarni tashkillashtirishda amaliy tajriba;
-
Mas’uliyatli, tartibli va jamoa bilan ishlash qobiliyatiga ega bo‘lish.
Biz sizga taklif qilamiz:
-
Barqaror ish haqi va qo‘shimcha bonuslar;
-
Shinam ofis va do‘stona jamoa;
-
Professional o‘sish va treninglarda ishtirok etish imkoniyati;
-
Qiziqarli va dinamik ish jarayoni.
📍 Ish joyi: Toshkent shahri, Yangi Hayot tumani, Tashkent INDEX savdo kompleksi, F-3 blok.
🕘 Ish vaqti: 09:00 – 18:00 (6/1, shanba 13:00 gacha).