
ABABIN
Senior Recruiter
- Подбор персонала
- Оценка персонала
- Система мотивации персонала
- Внутренние коммуникации
- Управление бюджетом
- Узбекский — C1 — Продвинутый
- Русский — B1 — Средний
Kompaniya haqida: ASKO kompaniyasi avtomobil ehtiyot qismlari (avtoshina, disk, akkumlyatorlar) savdosi bilan shug'illanadigan O'zbekistondagi eng yirik do'konlar tarmog'i. Hozirda 55 ta savdo do'konlarimiz O'zbekiston bo'ylab faoliyat yurityabdi.
Ofisimiz haqida: Ofisimiz Yangi hayot tumani, Tashkent INDEX savdo kompleksi, F-3 blokda joylashgan. Bizda kompaniya qadriyatlari va korporativ madaniyat juda yaxshi rivojlangan. Muloqot madaniyati mavjud. Bir-birimizni kamsitishga yo‘l qo‘yilmaydi, har qanday holatda ham bir-birimizga yordam berish kerak. Ofisimizda ovqat isitish, qahva ichish va hamkasblar bilan suhbatlashish uchun alohida oshxona mavjud — sizga yoqishiga ishonaman Biz kimni qidiryabmiz?
Ta’lim:
-
Oliy ma’lumotli (inson resurslari, psixologiya, sotsiologiya, menejment yo‘nalishlari afzallik beradi)
Tajriba:
Rekrutingda ish tajriba bo'lishi shart.
Bilim va ko‘nikmalar:
-
Dasturlarida to'liq ishlay olish (MS Ofis, Google sheet)
-
Internet va Telegram-botlar bilan ishlash ko‘nikmasi Verifixni bilsangiz tezroq moslashasiz
-
Ish e’lonlarini tuzish, targ‘ib qilish bo‘yicha qiziqish
- Tez o‘rganish va mustaqil qaror qabul qilish salohiyati
Soft skills:
-
Muloqotga ochiqlik, quvnoqlik va tashabbuskorlik
-
Mas’uliyatlilik va vaqtni to‘g‘ri taqsimlay olish
-
Stressga bardoshlilik va odamlar bilan to'g'ri ishlay olish
- Eslab qolish, yozib olish va tizimli yondashuvga moyillik
Til bilimi:
-
O‘zbek tilida mukammal yozish va so'zlashish (ish o'zbek tilida olib boriladi)
- Rus tili yoki ingliz tilini bilish afzallik hisoblanadi
Qadriyatlar:
-
Jamoaviy ishga tayyorlik
-
Halollik va intizomga sodiqlik
- O‘z ustida ishlash va rivojlanishga intilish
Nimalarni yuklaymiz:
- Rekruting jamoasidagi barcha vakansiyalarga javobgar bo'lish
- Oyiga o'rtacha 20 ta vakansiyalar bilan shug'ullanish
- Haftalik vakansiya hisobotlarini tayyorlash
- Oylik rekruting hisobotlarini tayyorlsh
- Rekruting jamoasini boshqarish
Biz bilan ishlash orqali nimaga ega bo'lasiz?
- Rasmiy ishga qabul qilish
- Ish grafigi 5,5 kunlik shanba (4 soat)
- To'lab beriladigan sinov muddati
- 2 oy sinov muddatidan so'ng Madina Biran - HR expert mentorligi
- Qadriyatlarga asoslangan kompaniya
- HR bo'yicha doimiy bilim oshirish
- Zo'r tuzilgan KPI tizimi (hamma tomondan daromad qilish mumkin)
- Kompaniya hududida bepul tushlik
- HR - tizimida ishlab ko'rish va natija qilish imkoniyati (ko'p kompaniyada HR tizimlashmagan)
- HR departament ichida rotatsiya imkoniyati bor
Adres: Sergeli, Index F-3 blok (Magic safari) Metro stansiya: 13 bekat