АКБ «Банк развития бизнеса»

Bank mahsulotlarini sotish samaradorligi tahlili boshqarmasi bosh mutaxassis

Не указана
  • Ташкент
  • Полная занятость
  • Полный день
  • От 3 до 6 лет

Bank tarmoqlarini rivojlantirish va mahsulotlarni sotish departamenti tarkibidagi Bank mahsulotlarini sotish samaradorligi tahlili boshqarmasi bosh mutaxassis.

Talablar:

Oliy yoki bakalavr maʻlumotlariga ega boʻlishi;

Bank faoliyatida kamida 6 (olti) yillik va bank tarmoqlarida boʻlim boshligʻi va undan yuqori lavozimlarida ish tajribasiga ega boʻlishi ustuvorlik beradi;

Mahsulotlar sotish rejalari bajarilishini tahlil qilish tajribasiga ega boʻlishi;

Tarmoq xodimlarini mijozlarga xizmat koʻrsatish sifatini nazorat qilish va monitoring qilish tajribasiga ega boʻlishi;

Mijozlarga xizmat koʻrsatish standartlari boʻyicha yetarli bilim va koʻnikmalarga ega boʻlishi;

Xizmat koʻrsatish sifatini nazorat qilish boʻyicha koʻnikmalarga ega boʻlishi;

Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat qonunchiligini bilishi;

Oʻzbek va rus tillarini bilishi;

MS office dasturlaridan professional foydalana olishi;IT va avtomatizatsiya yoʻnalishida ish tajribasiga ega boʻlish.

Vazifalar:

Bankning barcha boʻlinmalari faoliyatiga hamda mijozlarga xizmat koʻrsatish standartlarini joriy qilish jarayonini takomillashtirish, doimiy monitoring olib borish ishlarini amalga oshirish va ushbu vazifalarning bank tarmoqlarida sifatli bajarilishini nazoratga olish;

Mijozlarga bank xizmatlarini koʻrsatishning maqbul yoʻnalishi hamda bosh bank tomonidan tasdiqlangan sotuv rejasining barcha koʻrsatkichlarini bajarilishini nazorat qilish;

Bankning biznes jarayonlarini takomillashtirish loyihalarida qatnashish, hamda ularni amaliyotga tatbiq etishda takliflar va xulosalar berish;

Tarkibiy tuzilmalarning biznes reja koʻrsatkichlarining bajarilishini nazorat qilish;
Tarmoqlar ehtiyoji va muammolarini oʻrgangan holda ushbu muammolarni hal qilish boʻyicha tegishli choralarni koʻrish;

Bank xizmatlarini rivojlantirish va ushbu yoʻnalish boʻyicha operatsiyalarni optimallashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

Bank elektron hujjatlar aylanmasi dasturi orqali kelgan ijro hujjatlarini oʻz vaqtida bajarilishini taʻminlash;

Bank ichki tartib qoidalariga amal qilish;
Lavozim yoʻriqnomasida koʻrsatilgan boshqa vazifalar.

Ish sharoiti:

Toʻliq 5 ish kuni (9.00–18.00);

Ish joyi bankning markaziy idorasida;

Ish haqi + KPI asosida mukofot.