
АКБ «Банк развития бизнеса»
Bank mahsulotlarini sotish samaradorligi tahlili boshqarmasi yetakchi menejer
Bank tarmoqlarini rivojlantirish va mahsulotlarni sotish departamenti tarkibidagi Bank mahsulotlarini sotish samaradorligi tahlili boshqarmasi yetakchi menejer
Talablar:
Oliy yoki bakalavr maʻlumotlariga ega boʻlishi;
Bank faoliyatida kamida 10 (oʻn ) yillik tajribasiga ega boʻlishi;
Mahsulotlar sotish rejalari bajarilishini tahlil qilish tajribasiga ega boʻlishi;
Tarmoq xodimlarini mijozlarga xizmat koʻrsatish sifatini nazorat qilish va monitoring qilish tajribasiga ega boʻlishi;
Mijozlarga xizmat koʻrsatish standartlari boʻyicha yetarli bilim va koʻnikmalarga ega boʻlishi;
Xizmat koʻrsatish sifatini nazorat qilish boʻyicha koʻnikmalarga ega boʻlishi;
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat qonunchiligini bilishi;
Oʻzbek va rus tillarini bilishi;
MS office dasturlaridan professional foydalana olishi;
IT va avtomatizatsiya yoʻnalishida ish tajribasiga ega boʻlish.
Vazifalar:
Bank mahsulotlari sotuv rejasi va har bir biznes yoʻnalishi mahsulotlarini sotish rejalari asosida boʻlimlarning savdo rejalarini va xodimlar uchun individual rejalarni ishlab chiqadi va shakllantiradi;
Bank mahsulotlari sotuv rejasi koʻrsatkichlarini bajarilishi doimiy nazorat va tahlil qiladi (mahsulotlar va biznes jarayonlarni muammosini aniqlash);
Bank xizmatlarini va mahsulotlarini samaradorligini tahlil qiladi, uni takomillashtirish boʻyicha harakatlar rejalarini tayyorlaydi va ijro etilishini muvofiqlashtiradi;
Tarmoqdagi menejerlar bilan bank mahsulotlarini sotish yuzasidan oʻzaro hamkorlik qiladi;
Tarmoq boʻlinmalariga amaliy yordam beradi va murabbiylik qiladi;
Sotish hajmini oshirish, qoʻshimcha mijozlar bazasini izlash va mijozlarga mahsulot yukini oshirish uchun tarmoq boʻlinmalari uchun tizimli va individual tavsiyalarni ishlab chiqadi;
Muqobil savdo kanallarini topish va rivojlantirish uchun bozor holatini kuzatib boradi;
Bosh bank biznes boʻlinmalariga mijozlardan olingan fikr-mulohazalarga asoslanib, tegishli biznes boʻlinmalarga mahsulot ishlab chiqadi yoki ayrimlarini oʻzgartirish taklifini beradi;
Bosh bank biznes boʻlinmalariga tarmoq xodimlarini takliflari va mijozlar murojaatlari va fikrlariga asoslanib amaldagi biznes jarayonlarni oʻzgartirish takliflarini beradi;
Hududlarda (talabga koʻra) marketing tadqiqotlarini oʻtkazish boʻyicha tegishli boʻlinmaga buyurtma beradi;
Barcha bank mahsulotlari boʻyicha koʻrsatmalar va savdo kitoblarini tayyorlaydi;
Tarmoqlarni tashkiliy tuzilmasini oʻzgartirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
Ish sharoiti:
Toʻliq 5 ish kuni (9.00–18.00);
Ish joyi bankning markaziy idorasida;
Ish haqi + KPI asosida mukofot.