СП ООО Premier Electrotech

Servis sklad

3 000 000 - 4 000 000 UZS
  • Ташкент
  • Полная занятость
  • Полный день
  • Нет опыта

Vazifalar:

  • Omborga kelgan tovarlarni qabul qilish, joylashtirish va chiqarishni nazorat qilish.

  • Ombor zaxiralarini doimiy ravishda tekshirib borish va inventarizatsiya o‘tkazish.

  • Hujjatlarni to‘g‘ri va aniq yuritish.

  • Omborda tartib va xavfsizlik qoidalariga amal qilish.

  • Yetkazib beruvchilar hamda xizmat ko‘rsatish bo‘limi bilan hamkorlik qilish.

Talablar:

  • Maxsus yoki oliy ma’lumot bo‘lishi shart emas.

  • Ombor faoliyati bo‘yicha tajriba bo‘lsa afzal.

  • Kompyuter va ofis dasturlaridan foydalanishni bilish ijobiy hisoblanadi.

  • Mas’uliyatli, tartibli va jamoada ishlash qobiliyatiga ega bo‘lish.

Sharoitlar:

  • Rasmiy ishga qabul qilish (mehnat qonunchiligiga muvofiq).

  • Barqaror va o‘z vaqtida beriladigan ish haqi.

  • Ish kunlari: dushanbadan jumagacha, soat 09:00 dan 18:00 gacha.

  • Qulay ish muhiti va do‘stona jamoa.