ОЮ UZBEKISTAN CREATIVE ASSOCIATION
Kontent Produser (SMM, Media va Kreativ yo‘nalishlar bo‘yicha)
- SMM
- Adobe Photoshop
- Контентная стратегия
- Обработка видео
- Продвижение бренда
- Написание текстов
- Узбекский — C2 — В совершенстве
- Русский — C2 — В совершенстве
- Английский — B2 — Средне-продвинутый
🎬 Kontent Produser (SMM, Media va Kreativ yo‘nalishlar bo‘yicha)
Tashkilot: Uzbekistan Creative Association
Joylashuv: Toshkent
Ish turi: To‘liq stavkada (offlayn)
💡 Asosiy vazifalar:
- Uzbekistan Creative Association faoliyatini yorituvchi ijtimoiy tarmoqlar (Instagram, Telegram, LinkedIn, YouTube) uchun strategik kontent rejasini ishlab chiqish va yuritish;
- O‘zbekiston va xorijdagi kreativ soha vakillari (animatorlar, game lider yoki developerlar, dizaynerlar, musiqachilar, startapchilar va boshqa kreativ soha vakillari) bilan intervyular, podkastlar va maxsus reportajlar tayyorlash;
- Qiziqarli va ma’naviy boy maqolalar, roliklar, mini-intervyular hamda “behind the scenes” kontentlar yaratish orqali keng auditoriyani jalb etish;
- Video va foto kontentlar uchun ssenariy, struktura va g‘oya ishlab chiqish;
- Ijtimoiy tarmoq statistikalarini tahlil qilib, auditoriya o‘sishi va faolligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar berish;
- Tashkilot loyihalari (GameFest, Creative Bootcamp, NextGen Creators, va boshqalar) bo‘yicha axborot kampaniyalarini boshqarish;
- PR bo‘limi va dizayn jamoasi bilan birgalikda integratsion media loyihalar ishlab chiqish.
🧩 Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
- SMM, jurnalistika, media, kommunikatsiya yoki marketing yo‘nalishida kamida 2–3 yillik tajriba;
- Kontent produserlik yoki intervyu/podkast tayyorlash bo‘yicha amaliy tajriba;
- Ijtimoiy tarmoqlarda trend va algoritmlarni chuqur tushunish;
- Videorolik va postlar uchun kreativ ssenariy yozish qobiliyati;
- Adobe Premiere, CapCut, Canva yoki shu kabi dasturlarni bilish afzal;
- O‘zbek va rus tillarida ravon so‘zlasha olish (ingliz tili afzal);
- Kreativ, kommunikativ va jamoada ishlashga moyil bo‘lish.
🎯 Afzal jihatlar:
- Media yoki startap loyihalarda ishtirok etgan bo‘lish;
- Podkast yoki video-intervyu loyihalarida yetakchi/ijodiy rol o‘ynagan bo‘lish;
- O‘zbekiston va jahon kreativ iqtisodiyoti haqida tushunchaga ega bo‘lish.
💰 Ish haqi:
Tajriba va portfoliodan kelib chiqib belgilanadi (intervyu asosida).
Kichik topshiriq:
- Biz siz ushbu e’lonni oxirigacha diqqat bilan o‘qiganingizga va bizning yondashuvimizni qo‘llab-quvvatlashingizga ishonch hosil qilish uchun, o‘zingizning arizangiz (javob xatingiz) boshida quyidagi so‘zni yozing: "CreativeReady"
Ushbu so‘zsiz yuborilgan arizalar ko‘rib chiqilmaydi