ABABIN
Filial ochilish mutaxassisi (Store Opening Specialist) / Специалист по открытию филиалов
- Деловое общение
- Документооборот
- Умение принимать решения
- Деловая коммуникация
- Организаторские навыки
- Заключение договоров
- Планирование продаж
- Навыки переговоров
- Документальное сопровождение
- Телефонные переговоры
- Деловая переписка
- Развитие продаж
ASKO kompaniyasiga Filial ochilish mutaxassisi (Store Opening Specialist) kerak
ASKO kompaniyasi haqida
ASKO — avtomobil ehtiyot qismlari bozorida (avtoshina, disk va akkumulyatorlar) faoliyat yuritayotgan O‘zbekistondagi yirik chakana savdo tarmog‘i.
Bugungi kunda kompaniyaning 55+ ta savdo filiali respublika bo‘ylab muvaffaqiyatli ishlamoqda va tarmoq faol kengayib bormoqda.
📍 Ofis manzili: Toshkent shahri, Yangi Hayot tumani, INDEX savdo kompleksi, F-3 blok
🚇 Metro bekati: Turon
Lavozim tavsifi
Filial ochilish mutaxassisi yangi filiallarni ishga tushirish jarayonida do‘konni ochilishgacha operatsion jihatdan tayyorlash, savdo zali va omborni standartlarga mos holatga keltirish, tovarlarni qabul qilish va joylashtirishni tashkil etish hamda ochilish kuni savdo jarayonining to‘liq ishga tushishini ta’minlash uchun mas’ul bo‘ladi.
Ushbu lavozim filial ochilishida “asosiy ijrochi mutaxassis” hisoblanadi: u joyida turib, ochilish jarayonidagi ishlar ketma-ketligini boshqaradi, tayyorgarlik darajasini nazorat qiladi va do‘konning belgilangan vaqtda ish boshlashiga javob beradi.
Asosiy vazifalar
Filialni ochilishga tayyorlash
-
Filial joyiga chiqib, ochilishga tayyorgarlik bo‘yicha ish rejasini tuzish va ishlarni bosqichma-bosqich tashkil etish
-
Savdo zali, ombor va yordamchi xonalarni kompaniya standartlariga mos holatga keltirish
-
Savdo jihozlari (stellaj, vitrina, kassaga yaqin hududlar, ko‘rgazma zonalari) joylashuvini standart bo‘yicha tashkil etish
-
Ichki navigatsiya, belgilashlar va brending elementlarining to‘g‘ri o‘rnatilishini nazorat qilish
Tovarlarni qabul qilish va merchandising
-
Tovarlarning filialga kirimi jarayonida ishtirok etish, qabul qilish tartibini nazorat qilish
-
Tovarlarni ombor va savdo zaliga standart bo‘yicha joylashtirishni tashkil etish
-
Merchandising bo‘yicha asosiy talablar bajarilishini ta’minlash: assortiment ko‘rinishi, tartib, qulaylik, joylashuv mantiqi
-
Narx yorliqlari, aksiyalar va promo materiallari to‘g‘ri joylashtirilganini tekshirish
Ochilish kuni jarayonlarini ishga tushirish
-
Ochilishdan oldin yakuniy tekshiruv (chek-list) o‘tkazish va “tayyor” holatga keltirish
-
Savdo jarayonini ishga tushirish: kassalar, savdo zonalari, xizmat ko‘rsatish nuqtalari ishlashini nazorat qilish
-
Ochilish vaqtida yuzaga keladigan operatsion muammolarni joyida hal qilish va jarayonni to‘xtatmasdan davom ettirish
Nazorat va hisobot
-
Ochilish bo‘yicha bajarilgan ishlar, aniqlangan kamchiliklar va qilingan tuzatishlar haqida qisqa hisobot tayyorlash
-
Obyekt tayyorgarligi bo‘yicha foto/hisobot materiallarini tartibga keltirish (zaruratga ko‘ra)
-
Zaruratga qarab bir vaqtning o‘zida bir nechta filial ochilish jarayonlarida ishtirok etish
Nomzodga talablar
-
Chakana savdo (retail) sohasida amaliy ish tajribasi (do‘kon, savdo zali, ombor yoki shunga yaqin yo‘nalishlar)
-
Filial ochilishi, savdo zali tayyorlash va tovar joylashtirish jarayonlarini tushunish
-
Amaliy ishlashga tayyorlik (joyida, real operatsion jarayonlarda)
-
Tartibli ishlash, detallarga e’tibor, mas’uliyat va natijaga yo‘naltirilganlik
-
Muammolarni tez aniqlash va joyida hal qilish qobiliyati
-
Jamoa bilan ishlash, topshiriqlarni aniq tushuntirish va talabni ushlab turish
-
Xizmat safariga tayyorlik va 10–14 kun hududlarda qolib ishlash imkoniyati
Shartlar
-
Ish formati: xizmat safari (filial ochiladigan hududlarga chiqib ishlanadi)
-
Filiallarda joyida ishlash: odatda 10–14 kun (jarayonga qarab uzayishi mumkin)
-
Xizmat safari davomida:
-
yashash joyi (xizmat uyi)
-
3 mahal ovqat
-
yo‘l xarajatlari kompaniya hisobidan to‘liq qoplanadi
-
-
To‘liq ish kuni
-
Oylik oklad: 6 000 000 so‘m
-
KPI va bonuslar bilan 9 000 000 so‘mgacha daromad
-
Muvaffaqiyatli ochilishlar bo‘yicha qo‘shimcha rag‘batlantirish
Ish samaradorligi qanday baholanadi
-
Filialning belgilangan muddatda va tayyor holatda ochilishi
-
Savdo zali va ombordagi tartib hamda standartlarga moslik darajasi
-
Ochilishdagi kamchiliklar soni va ularning tez bartaraf etilishi
-
Ochilish kuni savdo jarayonining uzluksiz ishga tushishi
📍 Ish joyi: Toshkent (ofis) + Respublika bo‘ylab xizmat safarlari
📩 Ariza berish: rezyume yuboring (qaysi hududlarda ishlay olishingizni qisqacha yozib qo‘ying)