PURE DREAMS. LALAKU

Strong Middle/Senior Flutter developer

Не указана
  • Ташкент
  • Полная занятость
  • Полный день
  • От 3 до 6 лет

O'zbekistonda milliy brand, milliy mahsulot bo'yicha eng mashhur kompaniyalardan biri "LALAKU" IT yo'nalishiga kirganiga ham 3 yildan ortiq vaqt bo'ldi. Hozirda yaxshi jamoa shakllangan. Endi yana ham kengaytirish vaqti keldi. Shuning uchun yaxshi kelishuvchan, moslashuvchan, e'tiborli, mas'uliyatli hodimlar uchun yaxshi imkoniyat.

Vazifalar

  • Flutter yordamida Android va iOS uchun ilovalarning front-end qismini ishlab chiqish.

  • API asosida yangi mobil ilovani yaratish, qo‘llab-quvvatlash va releaseni chiqarish: ya’ni front tarafini tayyorlab, back-end bilan yaqindan hamkorlik qilish.

  • API orqali o‘zaro muloqot qilish.

  • Figma dizayni bo‘yicha maketlarni to'liq va to'g'ri tayyorlash

Talablar

  • Flutter’da kamida 3 yillik tajriba.

  • Tayyor mobil ilovalardan iborat portfolio (namunalar) bo‘lishi.

  • Dasturlash patterlarini bilish va amaliyotda qo‘llay olish.

  • Flutter texnologiyasida mobil ilovalar arxitekturasi tamoyillarini tushunish.

  • iOS muhitini hamda Android SDKni yaxshi bilish.

  • iOS va Android platformalarida ilovani mustaqil yig‘ib (build) chiqarish ko‘nikmasi.

  • API bilan ishlash va uni mobil ilovaga integratsiya qilish tajribasi.

  • Jihozlar, xususan Kamera, Bluetooth, Fingerprint, FaceID, GPS va ho kazo telefondagi qo'shimcha qurilmalar bilan ishlash ko‘nikmalari.

  • Ilovani Play Market, App Store va AppGallery kabi do‘konlarga joylash, versiyalarni veb-platforma talablari bo‘yicha yangilash tajribasi.

  • Git bilan jamoaviy ishlash ko‘nikmasi.

Qulayliklar

  • Bozor narxiga mos raqobatbardosh maosh

  • Markazda joylashgan qulay va shinam ofis

  • Doimiy yoki uzoq muddatli ish

  • Yaxshi tashkil etilgan texnik jamoa bilan hamkorlik

  • Professional o‘sish va yangi texnologiyalar bilan ishlash imkoniyati

  • Ishga oid qurilmalar va texnik ta'minot bilan ta’minlash

  • O‘z vaqtida to‘lanadigan oylik

  • Loyihalarni Google Play, App Store, AppGallery do‘konlarida joylashtirish tajribasini orttirish