ABABIN
Finansist
- SAP
- Финансовая отчетность
- Финансовый менеджмент
- Финансовый контроль
- Team management
- Узбекский — C2 — В совершенстве
- Английский — B2 — Средне-продвинутый
Riteyl yo‘nalishimiz kengaygani sababli, moliya bo‘limiga tajribali, mustaqil ishlay oladigan Middle darajadagi Finansist qidirmoqdamiz.
Asosiy vazifalar:
-
Kompaniyaning moliyaviy jarayonlarini to‘liq SAP orqali yuritish
-
Sotuv, xarid va ombor harakatlari bo‘yicha moliyaviy tahlillar
-
Budgeting: oylik/choraklik/yillik budjetni nazorat qilish
-
Cash-flow boshqaruvi
-
Rentabellik bo‘yicha hisob-kitoblar
-
Filiallar kesimidagi moliyaviy ko‘rsatkichlarni tekshirish va kamchiliklarni aniqlash
-
Ichki moliyaviy siyosatga rioya etilishini nazorat qilish
-
Hisobotlarni (P&L, BS, CF) tayyorlash va rahbariyatga taqdim etish
Talablar:
-
SAP bo‘yicha mustahkam amaliy ko‘nikma
-
Moliya yo‘nalishida 2+ yil tajriba (riteyl bo‘yicha tajriba — katta ustunlik)
-
Korporativ moliya, hisob-kitob, tahlil va budgeting bo‘yicha chuqur bilim
-
MS Excel’da professional daraja
-
Kuchli analitik fikrlash, raqamlar bilan aniq ishlash
-
Mas’uliyatlilik va mustaqil qaror qabul qilish qobiliyati
-
Jamoa bilan ishlash ko‘nikmasi
Biz taklif qilamiz:
-
Rasmiy ishga joylashuv (mehnat shartnomasi)
-
Barqaror oylik va samaraga qarab bonus tizimi
-
Kuchli moliyaviy boshqaruv tizimi — SAP bilan ishlash imkoniyati
-
O‘sish uchun sharoit: Senior → Lead → Moliya bo‘limi boshlig‘i yo‘nalishlari
-
Yangi ofis, qulay ish muhiti, kuchli jamoa
-
Ish vaqti: 09:00–18:00, 6/1
-
Ofis manzili: Toshkent, Yangi hayot tumani, Tashkent Index F-3 blok
Diqqat: Cover letter majburiy.
Quyidagi savolga javobsiz arizalar ko‘rib chiqilmaydi.
Tasavvur qiling, siz ishlagan oxirgi kompaniyada so‘nggi 3 oyda daromad o‘sdi, lekin naqd pul doimiy tanqis bo‘lib qoldi. Aynan o‘sha kompaniya kontekstida javob bering:
siz birinchi bo‘lib tekshirgan 3 ta moliyaviy ko‘rsatkich qaysilar?