COSMO CONSTRUCTION-KJB
Прораб (монолитные железобетонные работы)
- Производство строительно-монтажных работ
- Управление строительством
- Строительный контроль
- Контроль качества
- Гражданское строительство
- Общестроительные работы
- Проектная документация
- Сметы
- Руководство коллективом
- Организаторские навыки
- AutoCAD
- Русский — B2 — Средне-продвинутый
- Узбекский — C1 — Продвинутый
Biz qurilish obyektlarini to‘liq boshqara oladigan, brigadirlar va ishlab chiqarish jarayonlari uchun javobgarlikni zimmasiga ola oladigan Prorab izlaymiz.
COSMO CONSTRUCTION MCHJ.
Maqsadimiz — po‘latday mustahkam konstruksiyalar orqali insonlar hayotiga xotirjamlik va barqarorlik olib kirish.
Sizning asosiy vazifalaringiz:
-
Qurilish obyektida monolit temirbeton ishlarini to‘liq tashkil etish va boshqarish
-
Kundalik ishlab chiqarish topshiriqlarini berish va bajarilishini nazorat qilish
-
Brigadirlar va ishchilar ishini rejalashtirish, muvofiqlashtirish va nazorat qilishrejalashtirish, muvofiqlashtirish va nazorat qilish
-
Armatura bog‘lash, qolip (opalubka) o‘rnatish va beton quyish ishlarini texnologiya asosida olib borish
-
Qurilish chizmalari, ishchi loyiha va texnik hujjatlar asosida ishlarni tashkil etish
-
Ish hajmlarini (kubatura, m², tonna) loyiha va smeta hujjatlari bilan solishtirib yuritish
-
Materiallar sarfi va ularning maqsadli ishlatilishini nazorat qilish
-
Texnadzorga QMI.larni topshirish
-
Qurilish ishlarida texnika xavfsizligi va mehnat muhofazasi talablariga rioya qilinishini ta’minlash
-
Bajarilgan ishlar bo‘yicha kunlik, haftalik va oylik hisobotlarni tayyorlash
-
Qurilish sifati, muddatlar va texnologik ketma-ketlikni ta’minlash
Biz kimni izlaymiz:
Majburiy talablar:
-
Ma’lumoti: Qurilish sohasida oliy ma’lumot (sanoat va fuqarolik qurilishi, qurilish injiniringi va sh.k.)
-
Ish tajribasi: Qurilish sohasida master, prorab lavozimida kamida 3 yil
-
Brigadirlar bilan obyekt darajasida ishlash tajribasi
-
Qurilish chizmalari, ishchi loyihalar va smeta hujjatlarini tushunish
-
Smeta bo‘yicha ish hajmlarini amalda tekshira va solishtira olish
-
Monolit temirbeton ishlari texnologiyasi va ketma-ketligini bilish
-
Texnika xavfsizligi qoidalarini bilish va amalda joriy qila olish
Dasturlarni bilish (majburiy):
-
AutoCAD — chizmalarni o‘qish darajasida
-
MS Excel — ish hajmlari va hisobotlar bilan ishlash
-
MS Word — texnik va xizmat hujjatlari bilan ishlash
Afzallik beruvchi talablar:
-
Smeta dasturlaridan kamida bittasini tushunish (Grand Smeta / Smeta.RU / ABC-4)
-
KS-2, KS-3 kabi ish dalolatnomalari bilan ishlagan bo‘lish
-
Brigadirlikdan prorablikka o‘sgan bo‘lish
Qo‘shimcha talablar:
-
O‘zbek tili – erkin, rus tili – ish darajasida
-
Tashkiliy va boshqaruv ko‘nikmalari
-
Mas’uliyat, talabchanlik va natijaga yo‘naltirilganlik
-
Qurilish obyektida faol ishlashga jismonan yaroqli bo‘lish
Biz taklif qilamiz:
-
Barqaror ish haqi + natijalarga bog‘liq bonuslar
-
Rasmiy ishga qabul qilish
-
Barqaror obyektlar va ish hajmi
-
Rivojlanayotgan kompaniyada professional va boshqaruv jihatdan o‘sish
-
Kelajakda Uchastka boshlig‘i lavozimiga o‘sish imkoniyati
REZYUMENI HH.UZ ORQALI YUBORING. MOSLIK TOPILGAN NOMZODLARGA ALOQAGA CHIQILADI.