ABABIN
Rekruting bo'yicha mutaxassis
- Точность и внимательность к деталям
- Аналитическое мышление
- Навыки переговоров
- Организаторские навыки
- Деловая переписка
- Русский — B2 — Средне-продвинутый
- Английский — B2 — Средне-продвинутый
Biz kimni qidiryabmiz:
Ta’lim:
-
Oliy ma’lumotli (inson resurslari, psixologiya, sotsiologiya, menejment yo‘nalishlari afzallik beradi)
Tajriba:
-
Soha bo'yicha 1 yillik tajriba kutyabmiz.
Bilim va ko‘nikmalar:
-
MS Office dasturlarida ishlay olish (Word, Excel, PowerPoint)
-
Ish platformalari va Telegram-botlar bilan ishlash ko‘nikmasi
-
Tez o‘rganish va mustaqil qaror qabul qilish salohiyati
Soft skills:
-
Muloqotga ochiqlik, quvnoqlik va tashabbuskorlik
-
Mas’uliyatlilik va vaqtni to‘g‘ri taqsimlay olish
-
Stressga bardoshlilik va odamlar bilan to'g'ri ishlay olish
-
Eslab qolish, yozib olish va tizimli yondashuvga moyillik
Til bilimi:
-
O‘zbek tilini mukammal bilish
-
Rus tili yoki ingliz tilini bilish afzallik hisoblanadi
Qadriyatlar:
-
Jamoaviy ishga tayyorlik
-
Halollik va intizomga sodiqlik
-
O‘z ustida ishlash va rivojlanishga intilish
Nimalarni yuklaymiz:
- Oyiga 20dan ortiq vakansiyalar bilan shug'illanish
- MarHR yo'nalishimiz uchun yangi g'oyalar berish
Biz sizga nima taklif qilamiz?
Rasmiy ishga joylashish — mehnat shartnomasi asosida barqaror ish;
Mentorlik qo‘llab-quvvatlovi — sizni boshidanoq tajribali HR mutaxassislar yo‘naltiradi;
Doimiy o‘rganish imkoniyati — rekruting, sourcing, suhbat o‘tkazish, korporativ madaniyat bo‘yicha bepul ichki treninglar;
Karyeraviy o‘sish — Junior darajasidan HR-menejergacha yo‘l ochiq;
Shinam va zamonaviy ofis — mehmondo‘st jamoa, ichki oshxona, do‘stona muhit;
Ish vaqti: 09:00–18:00, 6/1 (shanba 13:00 gacha);
Vaqtida to‘lanadigan maosh — oylik ikki marta: avans va asosiy to‘lov.
Muhim!
Vakansiyaga javob yozishda cover letter’da quyidagini savolga javob yozishni unutmang:
Sizga kompaniya uchun 1 oy vaqt davomida 20 ta sotuvchi-konsultant topish vazifasi yuklatildi. Byudjet cheklangan, vaqt ham qisqa. Shu holatda qanday rekruting kanallaridan foydalanasiz?