USMA FUTURE (InHunter)

UX/UI-дизайнер

До 10 000 000 UZS
  • Ташкент
  • От 1 года до 3 лет

Dizayn mahorati

  • UI/UX dizayner sifatida 1–2 yil ish tajribasi;
  • Figma va Photoshop dasturlari bilan ishlash ko‘nikmasi;
  • Vizual ierarxiya, layout va axborot arxitekturasi bo‘yicha keng asosiy bilimga ega bo‘lish va buni ishida qo‘llay olish;
  • Eskizlar, flow diagrammalar, interfeys dizayn va prototiplash vositalari bilan erkin ishlay olish va ularni muntazam qo‘llash;
  • Zamonaviy dizayn trend va standartlarini inobatga olgan holda foydalanuvchi interfeyslarini ishlab chiqish;
  • Mobil ilovalar dizayni bo‘yicha asosiy qoida va standartlarni bilish va ularga amal qilish, jumladan:
    • iOS Human Interface Guidelines
    • Material Design Guidelines
    • UX qonunlari (UX Laws)
    • Accessibility (foydalanish imkoniyati) bo‘yicha qo‘llanmalar
  • Dizayn tizimlari va UI-kitlar yaratish va foydalan olish tajribasi;
  • Moomkin dizayn jarayoni, prinsiplarini o‘rganish va ularga amal qilish.

“Ishni oxiriga yetkazish” ko‘nikmasi

  • Kichik va o‘rta murakkablikdagi vazifalarni bajarish;
  • Dizayn ishlarini yakunlash va ularni texnik joriy etish nuqtayi nazaridan ishlab chiqish; natijani dasturchi uchun aniq va tushunarli holatda topshirish;
  • Mijozlar muammosini hal qilish uchun o‘z mahsulot sohasi bilan tanishib borish.

Ta’sir(Impact)

  • Kichik vazifalarni yakunlashga hissa qo‘shish, mavjud qo‘llanmalar va hujjatlashtirilgan jarayonlar asosida ishlash;
  • Har bir dizayn ishini muammo, maqsad va kontekstni aniq belgilashdan boshlash. Oddiy holatlarda muammoni mustaqil hal qilish, yechimlarni tahlil qilish va mavjud ma’lumotlarga asoslangan qaror qabul qilish.

Muloqot va yetakchilik

  • Jamoaga ish holati haqida aniq ma’lumot bera olish va muammolarni jamoa bilan birgalikda hal qilish;
  • O‘rganish va rivojlanish imkoniyatlarini izlash;
  • Fikr-mulohazani (feedback) ochiq qabul qilish va undan saboq olish;
  • Dizayn uchrashuvlarida (team meeting, design review va boshqalar) faol ishtirok etish, jamoa ishini tushunish va sog‘lom muhit yaratishga hissa qo‘shish;
  • Moomkin ning asosiy qadriyatlarini o‘rganish va ularga amal qilish.