XOVANDAMIR HOLDING
Прораб
- Строительство
- Контроль качества
- Руководство коллективом
Muhtasham Holding kompaniyasi qurilish bo'limiga uchastka boshlig'i (Prorab) qidiryapti!
Vazifalar:
-
Qurilish-montaj ishlarini loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq tashkil etish va nazorat qilish;
-
Ish jarayonlarining sifatini, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi talablariga rioya etilishini ta’minlash;
-
Qurilish maydonida ishchi kuchi, maxsus texnika va qurilish materiallaridan samarali foydalanishni tashkil etish;
-
Ish grafigi va ishlab chiqarish rejalarini tuzish hamda bajarilishini monitoring qilish;
-
Subpudratchilar faoliyatini muvofiqlashtirish va texnik hujjatlarni yuritish;
-
Buyurtmachi va texnik nazorat vakillari bilan o‘zaro hamkorlikni olib borish.
Talablar:
-
Qurilish sohasida oliy yoki o‘rta maxsus texnik ma’lumot;
-
Prorab yoki uchastka boshlig‘i sifatida kamida 3–5 yillik ish tajribasi;
-
Qurilish me’yorlari va qoidalarini (KMK, SHNK va boshqalar) mukammal bilish;
-
Loyiha chizmalarini o‘qish va smeta hujjatlari bilan ishlash ko‘nikmasi;
-
Jamoani boshqarish, tashkiliy va analitik fikrlash qobiliyati;
-
Mas’uliyatlilik, tashabbuskorlik va stressga chidamlilik.
Qulayliklar:
- Korxona hisobidan bepul tushlik, shahar markazidan qulay va shinam ofis;
- 6/1ish tartibida, soat 09:00dan 18:00ga qadar ish grafigi;
- Raqobatbardosh oylik maosh; doimiy beriladigan bonuslar;
- Rasmiy ishlash, lavozimiy o'sish;
- O'sib borayotgan tizimlashgan kompaniyada ishlash imkoniyati;
- Yuqori darajadagi qurilish obyektlari qurilishida faol qatnashib katta tajriba olish imkoniyati.