XOVANDAMIR HOLDING
Инженер по охране труда и технике безопасности
- Охрана труда и техника безопасности
- Пожарная безопасность
- Охрана труда
- Внутренний контроль
Muhtasham Holding eshik va mebellar fabrikasiga texnika xavfsizligi va yong'in xavfsizligi bo'yicha muhandis kerak!
Vazifasi:
-
Korxonada mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi bo‘yicha ichki me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va joriy etish;
-
Amaldagi qonunchilik va normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etilishini nazorat qilish;
-
Ish joylarida xavf omillarini aniqlash, tahlil qilish va ularni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish;
-
Xodimlar uchun kirish, takroriy va navbatdan tashqari yo‘riqnomalar o‘tkazish;
-
Baxtsiz hodisalar va ishlab chiqarishdagi noxush holatlar bo‘yicha tekshiruv o‘tkazish hamda hisobot tayyorlash;
-
Davlat nazorat organlari bilan hamkorlik qilish va tekshiruv jarayonlarida ishtirok etish.
Talablar:
-
Oliy texnik ma’lumot (mehnatni muhofaza qilish, sanoat xavfsizligi yoki tegishli yo‘nalish bo‘yicha);
-
Kamida 2–3 yillik ish tajribasi;
-
Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi qonunchilik va normativ talablarni mukammal bilish;
-
Hujjatlar bilan ishlash, tahlil qilish va hisobot tayyorlash ko‘nikmasi;
-
Mas’uliyatlilik, aniqlik va prinsipiallik;
-
Kompyuter savodxonligi (MS Office dasturlari).
Qulayliklar:
- Korxona hisobidan bepul tushlik, rasmiy ishlash;
- Qulay va shinam ofis, yaxshi va ahil jamoa;
- Raqobatbardosh oylik maosh, lavozimiy o'sish;
- 6/1 ish tartibda, soat 09:00dan 18:00gacha ish grafigi;
- O'sib borayotgan tizimlashgan kompaniyada yuqori tajriba olish imkoniyati.