BIKON
Grafik dizayner (Junior / Shogird)
- Adobe Photoshop
- Figma
- Adobe Illustrator
Kompaniya:
BIKON — O‘zbekistonda asos solingan milliy kompyuter texnikasi brendi. Monobloklar, noutbuklar va kompyuter aksessuarlarini ishlab chiqarish, yig‘ish va sotish bilan shug‘ullanadi.
Mahsulotlarimiz B2C, B2B va B2G segmentlarida taqdim etiladi. Uzum, Wildberries, Yandex Market, Alif Shop va boshqa platformalarda ham faol savdo olib boramiz.
Maqsadimiz — sifat, ishonch va tan olinishi bo‘yicha O‘zbekistonda №1 IT brendga aylanish.
Ish tartibi:
Offline (Toshkent shahri)
5/2, 09:00–18:00
Talablar:
- Photoshop, Illustrator va Figma’da ishlay olish
- Kompozitsiya, tipografiya va rang nazariyasi bo‘yicha tushuncha
- Portfolio (hatto o‘quv ishlari bo‘lsa ham)
- Deadline’ga amal qilish
- KPI tizimida ishlashga tayyorlik
- Tez o‘rganish va intizom
Vazifalar:
- Uzum, Wildberries, Yandex Market, Alif Shop va boshqa platformalar uchun mahsulot kartochkalari tayyorlash
- Savdoni oshiruvchi infografika va preview dizaynlar yaratish
- Reklama bannerlari va promo vizuallar ishlab chiqish
- SMM uchun grafik kontent tayyorlash
- Brend standartlariga mos dizaynlar ishlab chiqish
- Marketing topshiriqlarini muddatida bajarish
Maosh:
3 000 000 – 5 000 000 so‘m (tajriba va KPI natijasiga qarab)