Zarmed University — jadal rivojlanayotgan zamonaviy oliygoh bo‘lib, o‘z jamoasiga kreativ, mas’uliyatli va raqamli marketing olamida trendlarni his qiladigan SMM-mutaxassisini taklif etadi.
Vazifalaringiz:
-
Universitetning ijtimoiy tarmoqlardagi (Instagram, Telegram, Facebook) sahifalarini yuritish va rivojlantirish;
-
Kontent-reja (SMM-strategiya) tuzish va uni hayotga tatbiq etish;
-
Mobilografiya: Sifatli foto/video kontentlar olish va ularni montaj qilish (Reels, Stories) jayonini tashkil etish;
-
Targeting bo‘yicha mutaxassis va dizaynerlar bilan hamkorlikda ishlash.
Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
-
SMM sohasida kamida 1-2 yillik tajriba (ta’lim sohasida tajriba bo‘lsa, bu ustunlik beradi);
-
Trendlarni kuzatish va ulardan brend uchun unumli foydalana olish;
-
Kreativ fikrlash va jamoada ishlash qobiliyati.
Biz taklif etamiz:
-
Raqobatbardosh ish haqi (suhbat asosida belgilanadi);
-
Zamonaviy va shinam ofis (Samarqand sh.);
-
Ahil jamoa va professional o‘sish imkoniyati;
-
Universitet hayotidagi qiziqarli loyihalarda ishtirok etish.