НОУ MENTAL ACADEMY KIDS
Akademik direktor / Академический директор
- Лидерство
- Организация учебного процесса
- Обучение и развитие
- Умение работать в коллективе
- Групповое обучение
- Управление командой
- Обучение персонала
- Русский — C1 — Продвинутый
- Узбекский — C2 — В совершенстве
1. Lavozim haqida umumiy ma’lumotlar.
1.1. Shtat ma’lumotlari:
a) lavozim nomi – Ta’lim departamenti direktori (Akademik direktor);
b) bo‘lim – Ta’lim departamenti;
c) kimga bo‘ysunadi – Bosh boshqarma bosh direktori;
d) kimlar unga bo‘ysunadi – Bosh boshqarma hamda brend ostida faoliyat ko‘rsatuvchi kompaniyalardagi barcha ta’lim xodimlari;
e) lavozim maqsadi – Kompaniya hamda brend nomi ostida faoliyat yuritayotgan kompaniyalarda ta’lim jarayonini samarali tashkil etish, o‘qitish sifatini yuqori darajada ta’minlash hamda yagona ta’lim standartlarini joriy etish.
1.2. Ish faoliyati:
a) ish joyi – Shartnomaga ko‘ra;
b) ish vaqti tartibi – Shartnomaga ko‘ra;
c) ish kiyimi – klassik.
1.3. Umumiy vazifalar:
a) departament faoliyatini boshqarish va muvofiqlashtirish;
b) kompaniyalar uchun yagona ta’lim strategiyasi va akademik siyosatni ishlab chiqish va joriy etish;
c) o‘quv dasturlari (syllabus), metodikalar va o‘quv materiallarini ishlab chiqish va standartlashtirish;
d) kompaniyalarda o‘quv jarayonining sifatini nazorat qilish;
e) ta’lim sifati ustidan markazlashgan nazorat tizimini yaratish;
f) kompaniyalardagi o‘qituvchilar va metodistlar faoliyatini boshqarish va muvofiqlashtirish;
g) darslar sifati, natijadorlik va o‘quvchilarning rivojlanishini tahlil qilish;
h) yangi ta’lim kurslari va yo‘nalishlarini ishlab chiqish hamda joriy etish;
i) ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish;
j) akademik hisobotlar tayyorlash va rahbariyatga taqdim etish.
1.4. Talab etilgan ma’lumot:
a) oliy pedagogik yoki tegishli yo‘nalishda ma’lumot;
b) magistr darajasi (afzal);
c) metodika bo‘yicha chuqur nazariy va amaliy bilim.
1.5. Ish tajribasi:
a) ta’lim sohasida kamida 3–5 yillik boshqaruvchilik tajribasi;
b) bir nechta filial yoki tarmoq bilan ishlash tajribasi (afzal).
1.6. Bilimlar:
a) zamonaviy ta’lim metodikalari va baholash tizimlarini chuqur bilish;
b) o‘quv reja va syllabus tuzish tamoyillari;
c) ta’lim sifatini baholash mezonlari;
d) o‘zbek va rus tillarini (og‘zaki va yozma tarzda) mukammal bilishi (ingliz tilini ham bilishi afzal);
e) MS Office (Word, Excel), Google Drive va boshqa raqamli vositalarni bilish.
1.7. Ko‘nikmalar:
a) o‘qituvchilar faoliyatini nazorat qilish va tahlil qilish;
b) KPI asosida ishlash;
c) hisobot tayyorlash;
d) kuchli strategik fikrlash va tizimli boshqaruv ko‘nikmalari;
e) jamoa bilan ishlash, liderlik va kommunikatsiya qobiliyati.
1.8. Shaxsiy sifatlar:
a) liderlik qobiliyati;
b) mas’uliyatlilik;
c) tizimli fikrlash;
d) adolatli baholash;
e) natijaga yo‘naltirilganlik;
f) stressga chidamlilik.
1.9. Lavozim imkoniyatlari:
a) raqobatbardosh ish haqi;
b) rasmiy mehnat faoliyati;
c) kasbiy va karyera o‘sishi imkoniyati;
d) zamonaviy va qulay ish muhiti;
e) trening va rivojlanish dasturlari;
f) do‘stona va qo‘llab-quvvatlovchi jamoa.