Meraki Marketing Agency S.

Marketing Direktor

Не указана
  • Ташкент
  • От 3 до 6 лет

Meraki - O’zbekistonning eng yirik kompaniyalariga digital marketing xizmatlari taklif qiluvchi agentlik hisoblanadi. Kompaniyamiz uzoq yillar faqatgina qurilish va uning atrofidagi bizneslarga muvaffaqiyatli xizmat ko’rsatib kelgan. 2026-yildan boshlab, boshqa yo’nalishdagi bizneslarga ham o’z xizmatlarimizni taklif qilishni boshladik.

Ya’ni bu yildan agressiv o’sish va kengayishni reja qilganmiz. Buni amalga oshirish uchun biz, Marketing Direktori qidiryapmiz.

Asosiy vazifalar:

  • Raqamlarga asoslangan marketing reja ishab chiqish;
  • Markazlashgan CRM tizimi qurishda yordam berish;
  • Kuchli marketing jamoa shakllantirish;
  • Vazifalarni berish va qabul qilib olish uchun tizim yaratish;
  • Eng muhim ko’rsatkichlar jamlangan analitika oynasini ishlab chiqish;
  • Sifatli mijozlarni aniqlovchi tizim va aniq kriterialarni shakllantirish.

Kimni qidiryapmiz?

  • Digital va Performance marketing’da 3-5 yillik tajribaga ega bo’lishi;
  • Kompaniyaga berayotgan qiymatini raqamlarda ko’rsata olishi;
  • CAC, LTV, LTGP, CAC Payback kabi marketingdagi eng muhim ko’rsatkichlarni yoddan bilishi va amalda tadbiq qila olishi;
  • O’zbek va Ingliz tilida bemalol gaplasha olishi;
  • Avval ishlagan joyida muvaffaqiyatli jamoa tuzgan va korxona o’sishiga katta hissa qo’shgan bo’lishi;
  • B2B’da yoki Marketing Agentligida tajribasi bo’lish;
  • Vazifalarni mustaqil bajarishni yaxshi ko’rishi va risk olishdan qo’rqmasligi;
  • Bitrix24, AmoCRM, va shunga o’xshash CRM’lar bilan ishlay olishi.

Nima taklif qilamiz?

O’z marketing jamoangizni 0 dan qurish imkoniyati;

Har bir sotuvdan 5% gacha komissiya;

Shahar markazida shinam ofis;

Ish vaqti: 10:00 - 19:00 (Dush-Jum);

Ish bo’yicha bepul korporativ taksi.