GLAMOUR COSMETICS
Hududiy menedjer/Regional Manager (Toshkent shaxar| Toshkent viloyati)
- Развитие продаж
- Управление командой
- Управление отношениями с клиентами
- Управление продажами
- Деловая коммуникация
- Планирование продаж
Vazifalar:
-
Bozorni o‘rganish va tahlil qilish, kompaniya raqobatchilari faoliyatini tahlil qilish;
-
Hududdagi bozor ma’lumotlarini tahlil qilish va kompaniya mahsulot hamda xizmatlarini ilgari surish bo‘yicha strategik rejalar ishlab chiqish;
-
Mahsulotlar realizatsiyasidan tushgan mablag‘larni hisob-kitob qilish;
-
Hududda marketing siyosatini yuritish;
-
Rahbariyat uchun hisobotlar tayyorlash;
-
Savdo kanallari va promo-aksiyalar bo‘yicha hududiy savdo-marketing rejasining joriy etilishini nazorat qilish, resurs va materiallardan samarali foydalanishni ta’minlash;
-
O‘ziga bo‘ysunuvchi xodimlar, muhim savdo nuqtalari, distribyutorlar va umumiy hudud bo‘yicha KPI bajarilishini nazorat qilish;
-
Kompaniya brendlarining turli savdo nuqtalarida maksimal mavjudligini ta’minlash uchun distribyutsiya maqsadlariga erishish;
-
Distribyutorlar faoliyatini yaxshilash bo‘yicha rejalar tuzish va ularni amalga oshirishda faol ishtirok etish;
-
Biriktirilgan hududda daromadni oshirish bo‘yicha rejalar ishlab chiqish;
-
Savdo vakillarini boshqarish, ularning ishini tahlil qilish va o‘qitishni nazorat qilish;
-
Hududda moliya, iqtisodiyot va xo‘jalik masalalari bo‘yicha shartnomaviy faoliyatni muvofiqlashtirish;
-
Rahbariyat uchun muntazam hisobotlar tayyorlash.
Talablar:
-
Ma’lumoti: oliy yoki o‘rta-maxsus;
-
Ish tajribasi: kamida 3 yil Regional menejer sifatida;
-
Savdo strategiyasi va tijorat rejalarini ishlab chiqish tajribasi;
-
Samarali boshqaruv ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
-
Rus va o‘zbek tillarini mukammal bilish;
-
Narx belgilash va marketing asoslarini bilish;
-
Microsoft Office dasturlarida (Excel, Word, PowerPoint) yaxshi ishlay olish.
Ish sharoitlari:
-
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga qabul qilish;
-
Barqaror ish haqi va bonuslar;
-
Yirik distribyutor kompaniyada ishlash;
-
O‘qitish va kasbiy rivojlanish imkoniyati.