📌 Vakansiya: Sotuv menejeri (Qabul bo‘limi)
🏢 Kompaniya haqida:
Biz abituriyentlarga zamonaviy va talabgir yo‘nalishlar bo‘yicha ta’lim olish imkoniyatini taqdim etamiz. Maqsadimiz — ularni to‘g‘ri kasb va universitet yo‘nalishiga yo‘naltirib, talabalikka olib chiqish. Shu sabab, jamoamizga abituriyentlar bilan ishlay oladigan va to‘g‘ri qaror qabul qildira oladigan kuchli sotuv menejeri kerak.
🎯 Vazifalar:
— Telefon orqali abituriyentlarga universitet va yo‘nalishlar bo‘yicha maslahat berish
— Abituriyent ehtiyojini aniqlab, unga mos fakultet/yo‘nalishni tavsiya qilish
— Ishonchli muloqot orqali qabulga yozdirish (sotuvni yopish)
— Hujjat topshirish jarayonida abituriyentni kuzatib borish
— Mijozlar bazasini yuritish va CRM tizimida ishlash
— Qabul rejalarini bajarish va yuqori darajada xizmat ko‘rsatish
📋 Talablar:
— Sotuv sohasida tajriba (afzal)
— Abituriyentlar bilan ishlashga qiziqish
— Ishontira olish, e’tirozlar bilan ishlash ko‘nikmasi
— Telefon va kompyuterda (Office, CRM) erkin ishlash
— Kommunikativlik, mas’uliyatlilik va xushmuomalalik
— O‘zbek tili — C2 (mukammal)
💼 Shartlar:
— To‘liq ish kuni (ofisda)
— Barqaror va o‘z vaqtida beriladigan ish haqi
— Ahil jamoa va rivojlanish muhiti
💰 Sharoitlar:
— Fiks maosh + KPI (bonuslar)
— O‘rtacha daromad: 5- 15 mln so‘m (chegarasiz)
— Mahsulot (yo‘nalishlar) bo‘yicha treninglar
— Karyera o‘sishi (bo‘lim boshlig‘igacha)
📍 Manzil: Toshkent shahar ,Sergeli tumani , Uzumzor 38
🔥 Bu ish kimlar uchun?
— Abituriyentlar bilan ishlashni yoqtiradiganlar
— Sotuv orqali yuqori daromad qilishni xohlaydiganlar
— O‘zini rivojlantirib, katta natijalarga chiqmoqchi bo‘lganlar
📩 Agar siz kuchli sotuv menejeri bo‘lsangiz — hoziroq murojaat qiling!
⏳ Joylar cheklangan!