USMA FUTURE (InHunter)

Руководитель отдела продаж (Рассрочка товаров)

8 000 000 - 15 000 000 UZS
  • Ургенч
  • От 1 года до 3 лет

Savdo, bank-kredit yoki distributsiya sohasida 2 yildan ortiq tajribaga ega bo‘lgan, yetakchilik qobiliyati yuqori nomzodlarni nufuzli jamoaga taklif etamiz.
Kompaniyada hozirda 25 dan ortiq respublika viloyatlarida filiallari mavjud, kompaniya tovarlarni naqd va bo'lib to'lash sotuviga ixtisoslashgan.

Sizga qo'yiladigan talablar:
Tajriba: Savdo yo'nalishida , mikromoliya tashkilotlari, tovarlarni rasrochkaga beradigan kompaniyalarda, xususiy banklarda: shu yo'nalishlardan birida kamida 2 yillik ish tajribasi;

Soha: Distributsiyada agent yoki supervayzer, banklarda kredit bo'limi xodimi yoki muddatli to'lov (rassrochka) kompaniyalarida ishlaganlik;

  • Shaxsiy sifatlar: Kirishimli, muomala madaniyati yuqori va mijozlar bilan samarali savdo qila olish qobiliyati.
  • Dastlab o'z viloyatingizdagi filialda ish o'rganish va malaka oshirish;
  • Sinov muddati tugagach, boshqa viloyatdagi filialga Rahbar bo'lib o'tish (viloyatlar: Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo, Navoiy)
  • Savdo jarayonlarini boshqarish va mijozlar bilan professional muloqot qilish.

Sizning vazifangiz:

  • Filialda kunlik faoliyatni boshqarish va nazorat qilish.
  • 10-15 kishidan iborat xodimlar jamoasini rahbarlik qilish va ularning ishini tashkil etish.
  • Kompaniya tomonidan belgilangan savdo va moliyaviy maqsadlarga erishish.
  • Mijozlar bilan sifatli aloqalar oʻrnatish va ularning qoniqishini taʼminlash.
  • Hisobotlar tayyorlash va boshqaruvga topshirish.
  • Filial inventarizatsiyasi va moliyaviy resurslarini nazorat qilish.
  • Sinov muddatida kompaniyadagi ishlash jarayonlarini o'rganib borish va savdo rejalarini bajarilishida ko'maklashish.

Biz taklif etamiz:

  • Daromad: Sinov muddatida 10 000 000 so'mgacha (fiks + bonus);
  • O'sishdan keyin: Sinov muddati yakunlangach, oylik 15 000 000 – 20 000 000 so'm atrofida;
  • Imtiyozlar: Boshqa viloyatga tayinlanganda kompaniya hisobidan shinam kvartira bilan ta'minlanadi va boshqa viloyatda ishlaganlik uchun oylik va bonuslardan tashqari kompensatsiya pullari beriladi.
  • Rivojlanish: Doimiy o'qish, tajriba almashish va real karyera o'sishi;
  • Agar shaxsiy avtomobilingiz bo'lsa va ish uchun foydalanilsa ijara pullari va yo'l xarajatlari qoplanadi.
  • Ish grafigi: 08:30 – 19:00, haftada 6 kun.