Saalom

Coworking Admin

1 000 000 - 1 500 000 UZS
  • Фергана
  • Нет опыта
  • Документооборот
  • Делопроизводство
  • Обеспечение жизнедеятельности офиса
  • Деловая этика
  • Организационные навыки
  • Внутренний контроль

Cowora Coworking — Vakansiya


Lavozim: Cowora Admin / Community Manager


Joylashuv: Farg'ona sh., Mustaqillik ko'chasi, 7-uy


Majburiyatlar:

  • Kovorking rezidentlari va mehmonlarni qabul qilish, ro'yxatdan o'tkazish va kundalik muloqotni olib borish
  • Rezidentlar uchun qulay ish muhitini ta'minlash va ularning muammolarini tezkor hal qilish
  • Yig'ilish xonalari, telefon kabinalari va umumiy zonalardan foydalanishni boshqarish va monitoring qilish
  • Cowora hamjamiyati ichida tadbirlar, networking uchrashuvlar va voqealarni tashkil etish
  • Shartnomalar, hisob-fakturalar va to'lovlarni kuzatib borish (CRM/admin tizimlar orqali)
  • Yuridik manzil xizmati bo'yicha hujjatlarni qabul qilish va saqlash
  • Ofis inventari, tozalik va texnik holatni nazorat qilish
  • Cowora ijtimoiy tarmoq sahifalarini boshqarish: kontent rejasi tuzish, post va stories tayyorlash, auditoriya bilan muloqot olib borish (Instagram, Telegram, Facebook va boshqalar)
  • Cowora brendi va hamjamiyat faoliyatini onlayn targ'ib qilish


Talablar:

  • Sirtqi yoki masofaviy ta'lim shaklidagi talabalar yoki hozirda kunduzgi ta'limda o'qimaydigan shaxslar (ish joyida to'liq kunlik ishtirok talab qilinadi)
  • O'zbek va rus tillarida erkin muloqot qilish qobiliyati
  • Kommunikabellik, tashabbuskorlik va mustaqil qaror qabul qila olish
  • MS Office, Google Workspace va CRM tizimlarida ishlash tajribasi
  • SMM ko'nikmalari: Figma yoki shunga o'xshash vositalarni bilish — qo'shimcha ustunlik
  • Mijozlarga xizmat ko'rsatish yoki administrativ ishda tajriba — qo'shimcha ustunlik
  • Ingliz tilini bilish — qo'shimcha ustunlik


Sharoitlar:

  • Zamonaviy kovorking muhitida ishlash
  • Rasmiy mehnat shartnomasi
  • Ish vaqti: du–sha, 9:00–18:00
  • Professional rivojlanish va networking imkoniyatlari
  • Raqobatbardosh ish haqi (suhbat natijasiga ko'ra)