NOVEY (ООО STRATEGY UP)

Оператор call-центра

4 000 000 - 6 000 000 UZS
  • Ташкент
  • Нет опыта

NOVЕY Mobile — mijozlar bilan ishlash yo‘nalishida jamoamizga mas’uliyatli va xushmuomala Ayol-qiz Call-centre operatorini taklif qiladi.

Sizning vazifalaringiz:

  • Kiruvchi va chiquvchi qo‘ng‘iroqlarni qabul qilish;
  • Mijozlarning fikri, ehtiyojlari, taklif va e’tirozlarini o‘rganish;
  • Zarur hollarda mijozlarga qayta qo‘ng‘iroq qilish;
  • Mijozlarga vakolat doirasida aniq va ishonchli ma’lumot berish;
  • Murojaatlarni CRM tizimiga to‘liq va xatosiz kiritish;
  • Mijozlarning muhim muammo va takliflarini tegishli rahbarlarga yetkazish;
  • Belgilangan xizmat ko‘rsatish standartlari va KPIlarga rioya qilish;
  • Hisobotlarni o‘z vaqtida taqdim etish.

Muhim: bu lavozimda sotuv amalga oshirish talab etilmaydi. Asosiy e’tibor — mijozni tinglash, uning ehtiyojini tushunish va murojaatini sifatli ko‘rib chiqishga qaratiladi.

Biz kutamiz:

  • O‘zbek va rus tillarini yaxshi bilish;
  • Kompyuter va ofis dasturlaridan foydalana olish;
  • Ma’lumotlar bilan aniq va xatosiz ishlash;
  • Mas’uliyatlilik, intizom va natijaga yo‘naltirilganlik;
  • Call-centre yoki mijozlar bilan ishlash tajribasi — afzallik.
  • 09:00 dan 18:00 gacha grafikda noqulayliklarsiz ishlay olish

Biz taklif qilamiz:

  • 4 000 000 so‘m — fix maosh;
  • 2 000 000 so‘mgacha bonus;
  • Bepul tushlik;
  • Ahil, professional va qo‘llab-quvvatlovchi jamoa;
  • Kasbiy va karyera rivojlanishi uchun imkoniyat;
  • Barqaror kompaniyada ishlash imkoniyati.

Agar siz mijozlar bilan muloqot qilishni yoqtirsangiz, odamlarni tinglay olsangiz va xizmat sifatini yaxshilashga o‘z hissangizni qo‘shishni istasangiz — NOVЕY jamoasiga qo‘shiling!