IT BUYUK ZAMON SARI

Rekruter

2 000 000 - 10 000 000 UZS
  • Ташкент
  • Нет опыта

🎯 BUYUK ZAMON REKRUTER IZLAMOQDA — TALANTLARNI TOPA OLASIZMI?

Yuzlab odam orasidan aynan kerakli insonni topish sizga qiziqmi? 🔥

Bizga shunchaki CV yig‘ib beradigan xodim emas, to‘g‘ri odamni topib, uni jamoaga olib kira oladigan rekruter kerak.

Sizning topgan nomzodingiz kompaniyaning keyingi kuchli xodimiga aylanishi mumkin.

🎯 Sizning vazifalaringiz:

  • Kompaniyadagi mavjud va yangi vakansiyalar uchun nomzodlarni izlash;
  • Turli manbalardan kuchli kandidatlarni topish va jalb qilish;
  • Kelib tushgan rezyumelarni saralash;
  • Nomzodlar bilan telefon orqali bog‘lanish;
  • Birlamchi suhbatlarni o‘tkazish;
  • Nomzodning lavozimga mosligini baholash;
  • Eng yaxshi kandidatlarni rahbarlarga taqdim etish;
  • Nomzodlar bazasini yuritish;
  • Ishga qabul qilish jarayonini oxirigacha nazorat qilish.

🔥 Biz aynan kimni qidiryapmiz?

Tajriba bo‘lsa — katta ustunlik.
Tajriba bo‘lmasa ham — muammo emas.

Bizga:

  • Odamlar bilan tez aloqa o‘rnata oladigan;
  • Ko‘p odam bilan gaplashishdan charchamaydigan;
  • Diqqatli va kuzatuvchan;
  • To‘g‘ri savol bera oladigan;
  • Odamning salohiyatini ko‘ra oladigan;
  • Faol va energiyaga boy;
  • Natijaga intiladigan;
  • Yangi narsalarni tez o‘rganadigan inson kerak.

O‘zbek tili — majburiy.
Rus tili —Ustunlik beriladi.

💰 Daromadingiz ham natijangizga bog‘liq!

Bizda faqat “oylik oldim — bo‘ldi” degan tizim emas.

Ko‘proq vakansiya yopdingiz → ko‘proq KPI oldingiz.

Tezroq va sifatliroq nomzod topdingiz → daromadingiz oshadi.

Ya’ni sizning natijangiz daromadingizga bevosita ta’sir qiladi. 🚀

🎓 Biz sizga nima beramiz?

  • Rekrutment bo‘yicha amaliy o‘qitish;
  • Kompaniya ichidagi HR jarayonlarini o‘rganish imkoniyati;
  • 📈 Rekruter → Senior Recruiter → HR Team Lead → HR rahbari kabi o‘sish imkoniyati;
  • 💰 FIX + KPI;
  • Kuchli va faol jamoa.

❌ Bu ish sizga mos emas, agar:

“Nomzod topish qiyin ekan.”

“10 ta odam telefonini ko‘tarmadi, ishlamayman.”

“Menga faqat tayyor nomzod bering.”

✅ Bu ish siz uchun, agar:

“Kerakli odamni topmagunimcha to‘xtamayman.”

“Men odamlar bilan ishlashni yaxshi ko‘raman.”

“Men kuchli jamoa qurishda ishtirok etmoqchiman.”

“Natijam oshsa, daromadim ham oshishini xohlayman.”

📍 Shartlar:

Ish grafigi: 6/1, 10:00–19:00
Daromad: FIX + KPI
Lavozim: Rekruter
Kompaniya: BUYUK ZAMON

🔥 Yaxshi rekruter vakansiyani yopmaydi — yaxshi rekruter kompaniyaga kerakli odamni olib keladi.

Agar siz odamlar orasidan “o‘sha kerakli insonni” topa olishingizga ishonsangiz — rezyumeni yuboring!