InFinBank

Korporativ kreditlash bo'limi Mijoz menejeri (Toshkent viloyati filiali)

Не указана
  • Ташкент
  • От 1 года до 3 лет
Asosiy vazifalar:
  • Faol qidiruv va jalb qilish: МСБ (kichik va oʻrta biznes) bozorini tizimli tahlil qilish, yangi mijozlarni (MCHJ, XK, oilaviy korxonalar) faol qidirish va bankning mijozlar bazasini kengaytirish.
  • Muzokaralar olib borish: Biznes egalari, taʼsischilar va korxona rahbarlari bilan uchrashuvlar tashkil etish, ularning moliyaviy ehtiyojlarini aniqlash hamda Bank mahsulotlarining professional taqdimotini oʻtkazish.
  • Biznes joyiga borish: Real faoliyat miqyosini (ishlab chiqarish jarayoni, omborlar, tovar aylanmasi) baholash va uzoq muddatli hamkorlik aloqalarini oʻrnatish uchun potensial mijozlarning ish joylariga bevosita tashrif buyurish.
  • Savdoni moliyalashtirish: Mijozlarni tranzaksion va investitsion xizmatlarga (import-export shartnomalari boʻyicha akkreditivlar, faktoring, bank kafolatlari) faol jalb qilish.
Talablar:
  • Oliy maʼlumot: Iqtisodiyot, moliya, bank ishi yoki biznes-boshqaruvi (Business Administration) yoʻnalishlarida shakllangan oliy maʼlumot.
  • Ish tajribasi: Moliyaviy yoki bank mahsulotlarini sotish sohasida (afzalroq МСБ segmentida) kamida 1–2 yillik muvaffaqiyatli ish staji.
  • Qonunchilikni bilish: Markaziy Bankning MSB faoliyatiga oid qarorlari, bankning garov siyosati hamda fuqarolik qonunchiligi asoslarini tushunish.
  • Koʻnikma va fazilatlar: Yuqori darajada muzokaralar olib borish, mijozlar eʼtirozlari bilan ishlash qobiliyati, muomala madaniyati va yakuniy natijaga yoʻnaltirilganlik.
  • Texnik koʻnikmalar: CRM tizimlari, ixtisoslashtirilgan bank dasturlari va MC Excel dasturini mukammal bilish.
  • Tillarni bilishi: Oʻzbek va rus tillarida erkin muloqot qila olish, ingliz tilini bilish qoʻshimcha afzallik hisoblanadi.
Imkoniyatlar:
  • Raqobatbardosh oylik maosh.
  • Oʻzbekistonning eng yetakchi, barqaror va zamonaviy banklaridan birida oʻz professional salohiyatini namoyon etish hamda jamoa bilan birga oʻsish.
  • Korporativ trening va team buildinglar ishtirok etish.