Apex Kids

Менеджер по производству

5 000 000 - 8 000 000 UZS
  • Ташкент
  • От 3 до 6 лет
  • Производственное планирование
  • Управление требованиями

Lavozim yoʻriqnomasi: Ishlab chiqarish menejeri

1. Umumiy qoidalar

  • Lavozim nomi: Ishlab chiqarish menejeri / Tikuvchilik ishlab chiqarishi koordinatori.
  • Toʻgʻridan-toʻgʻri boʻysunishi: Rahbarga / Brend egasiga.
  • Lavozimning asosiy maqsadi: Mahsulotlarning toʻliq ishlab chiqarish tsiklini (tayyor lekalarni qabul qilib olishdan tortib tayyor mahsulot ishlab chiqarilguniga qadar) toʻliq nazorat qilish, pudratchilar (autsors, bosma/print, kashtachilik) ishini muvofiqlashtirish, tikuvchilarning (ishbay) ish haqini hisoblash va sifatni taʼminlash.

2. Lavozim majburiyatlari

  • Xaridlar va furnituralarni boshqarish:
    • Kolleksiyalar uchun aksessuarlar va furnituralarni hisoblash, buyurtma berish hamda oʻz vaqtida yetkazib berilishini nazorat qilish.
  • Tashqi pudratchilarni (Autsors) muvofiqlashtirish va nazorat qilish:
    • Autsorsdagi tikuvchilik sexlarini qidirish, tanlash va ular bilan muzokaralar olib borish.
    • Bichilgan matolar (kroy)ni ishlab chiqarishga topshirish.
    • Buyurtmalarning bajarilish muddatlari va sifatini nazorat qilish.
  • Bezash ishlarini nazorat qilish (Bosma/Print va Kashtachilik):
    • Matolar bichilgandan soʻng, kroy yoki tayyor mahsulotlarni bosma/kashtachilik fabrikalariga yuborish.
    • Print va kashtalarning tushirilish sifatini bevosita yoki masofaviy nazorat qilish.
    • Texnologik vazifaga muvofiqligini va brak (Nuqsonli mahsulot) yoʻqligini tekshirish.
  • Hisob-kitob va ish haqini hisoblash:
    • Ichki xodimlar va tikuvchilar tomonidan bajarilgan ishlarning hisobini yuritish.
    • Bajarilgan ish hajmidan kelib chiqib, ishlab chiqarish xodimlarining ishbay ish haqini hisoblash.
  • Sifat nazorati (TKN - Texnik nazorat boʻlimi / OTK):
    • Tayyor mahsulotlarni autsorsdan yakuniy qabul qilib olish.
    • Nuqsonlarni (brak) aniqlash va ularni bartaraf etish jarayonini tashkil qilish.

3. Nomzodga qoʻyiladigan talablar

  • Tikuvchilik ishlab chiqarishida (bolalar kiyimi yoʻnalishida) 1 yildan 10 yilgacha boʻlgan ish tajribasi.
  • Ishlab chiqarish bosqichlarini tushunish: bichish, bosma/kashtachilik, tikish, qadoqlash.
  • Ish haqini hisoblash va hisobotlarni yuritish uchun jadvallar (Excel/Google Sheets) bilan ishlay olish.
  • Yuqori darajadagi tashkilotchilik, detallarga eʼtiborlilik, muddatlar va sifat nazoratida talabchanlik.

4. Huquq va masʼuliyatlar

  • Huquqqa ega: Brak (nuqson) aniqlangan taqdirda pudratchilarning ishini qabul qilmaslik yoki rad etish; materiallar sarfi boʻyicha hisobotlarni talab qilish