TYRE ZONE

Haydovchi-ekspeditor

До 6 000 000 UZS
  • Ташкент
  • От 3 до 6 лет

HAYDOVCHI-EKSPEDITOR LAVOZIMIGA TAKLIF QILAMIZ!

Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi moy distribyutorlik kompaniyamiz jamoasiga mas’uliyatli, tartibli va tajribali Haydovchi-ekspeditor izlamoqdamiz.

ASOSIY TALABLAR:

• Haydovchilik tajribasi: kamida 5 yil

• Haydovchilik guvohnomasi: B va C kategoriyalari

• Sog‘lom va jismonan faol bo‘lish

• Xushmuomala, mas’uliyatli va halol bo‘lish

• Yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qilish

• Yuk bilan ehtiyotkor va mas’uliyatli ishlay olish

• Toshkent shahri va viloyati hududlarini yaxshi bilish

ISH VAZIFALARI:

• Ombordan yuklarni qabul qilib olish va belgilangan manzillarga yetkazib berish

• Mahsulotlarni mijozlarga o‘z vaqtida va xavfsiz yetkazish

• Yuklarning butligini ta’minlash

• Yuklarni qabul qilish va topshirish jarayonlarida mas’uliyat bilan ishtirok etish

• Avtomobilning tozaligi va texnik holatiga e’tibor berish

• Yetkazib berish bilan bog‘liq hujjatlar bilan ishlash

ISH HUDUDLARI:

Toshkent shahri va viloyati, Sirdaryo hamda Jizzax viloyatlari.

Oyiga 1 marotaba Samarqand va Qo‘qon shaharlariga xizmat safari asosida yuk yetkazib berish amalga oshiriladi.

ISH SHAROITLARI:

• Kompaniya tomonidan Labo avtomobili taqdim etiladi

• Ish joyi: Zangiota tumani, Eshonguzar hududidagi ombor

• Ish grafigi: Dushanba–Shanba

• Ish vaqti: 09:00 dan oxirgi yuk yetkazib berilgunga qadar

• Barqaror va doimiy ish

• Professional jamoada ishlash imkoniyati

Agar siz ushbu talablarga mos kelsangiz, biz bilan bog‘laning va jamoamizga qo‘shiling!