MIZAN

OV/VK muhandisi (Revit)

Не указана
  • Ташкент
  • От 1 года до 3 лет

Mizan Architecture jamoasiga OV/VK muhandisi izlayapmiz. Nomzod Revit’da muhandislik loyihasini mustaqil ko‘tara olishi va loyihaning butun siklini boshqara olishi kerak.

Asosiy vazifalar:

  • OV — isitish, ventilyatsiya va konditsioner tizimlarini loyihalash;
  • VK — suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini loyihalash;
  • Revit MEP’da modelni noldan yaratish va rivojlantirish;
  • loyiha bosqichlarini konsepsiyadan ishchi hujjatlargacha olib borish;
  • tegishli hisob-kitoblar va texnik yechimlarni tayyorlash;
  • plan, sxema, kesim, schedule va spetsifikatsiyalarni chiqarish;
  • arxitektura, konstruktor va boshqa MEP bo‘limlari bilan koordinatsiya;
  • clash va texnik kolliziyalarni aniqlash va bartaraf etish;
  • model va chizmalar sifatini QA/QC qilish;
  • loyiha muddatlari va topshiriladigan materiallarni nazorat qilish;
  • zarur hollarda buyurtmachi va loyiha jamoasi bilan texnik masalalarni yuritish.

Majburiy talablar:

  • Revit MEP’ni yaxshi bilish;
  • OV va VK tizimlari bo‘yicha amaliy loyiha tajribasi;
  • Revit’da to‘liq loyiha modelini mustaqil yurita olish;
  • muhandislik hisob-kitoblari va ishchi hujjatlar bilan ishlash;
  • BIM koordinatsiya va clash management tushunchasi;
  • loyihani faqat model qilish emas, butun jarayonini boshqarish qobiliyati;
  • real loyihalardan portfolio yoki ish namunalari.

Afzallik:

  • katta hajmdagi turar-joy, tijorat yoki jamoat obyektlarida tajriba;
  • Navisworks/BIM coordination tajribasi;
  • Revit families, parameters, schedules bilan chuqur ishlash;
  • BIM standartlari va model strukturasini tushunish.

Muhim: bizga faqat Revit operator emas, balki OV/VK bo‘yicha texnik qaror qabul qila oladigan va loyihani boshlanishidan yakuniy topshirishgacha olib bora oladigan mutaxassis kerak.