UNIVERSITY OF BUSINESS AND SCIENCE

Call-center sotuv menejeri / Operator

3 000 000 - 15 000 000 UZS
  • Ташкент
  • От 1 года до 3 лет

Vazifalar:

  • Mijozlar bilan telefon orqali muloqot qilish;

  • Kompaniya xizmatlari haqida mijozlarga ma’lumot berish;

  • Mijoz ehtiyojini aniqlash va mos xizmatlarni taklif qilish;

  • Telefon orqali sotuvlarni amalga oshirish;

  • Kiruvchi va chiquvchi qo‘ng‘iroqlar bilan ishlash;

  • Mijozlarning savollariga professional javob berish;

  • Mijozlar bilan uzoq muddatli yaxshi munosabat o‘rnatish;

  • CRM tizimida mijozlar bilan ishlash natijalarini qayd etib borish;

  • Belgilangan sotuv rejasini bajarish.

Talablar:

  • O‘zbek tilini mukammal bilish;

  • Rus tilida erkin muloqot qila olish;

  • Ravon va tushunarli nutq;

  • Telefon orqali mijoz bilan tez til topisha olish;

  • Sotuvga qiziqish va natijaga yo‘naltirilganlik;

  • Mas’uliyatli, faol va xushmuomala bo‘lish;

  • Kompyuter va internetdan foydalana olish;

  • Call-center yoki sotuv sohasidagi tajriba ustunlik beradi.

Biz taklif qilamiz:

  • Barqaror ish joyi;

  • Qulay va zamonaviy ofis;

  • Do‘stona jamoa;

  • Oylik maosh + sotuv natijasiga qarab bonuslar;

  • Sotuv bo‘yicha o‘qitish va rivojlanish imkoniyati;

  • Karyera o‘sishi imkoniyati.