YATT FATTOXOV ABDULAZIZ ABDUAZIM O‘G‘LI

Видеомонтажер

1 000 - 1 500 USD
  • Ташкент
  • От 1 года до 3 лет
  • Adobe After Effect
  • DaVinci Resolve
  • Видеосъемка
  • Монтаж коротких видео
  • Монтаж образовательных видео

Biz haqimizda:

Biz qurilish sohasiga ixtisoslashgan marketing agentligimiz. Hozirda kengaymoqdamiz va o‘z ustida ishlaydigan, jamoa bilan birga o‘sadigan va daromadini oshirmoqchi bo‘lgan professional mutaxassisni qidiryapmiz.

Majburiyatlar:

Instagram (Reels) hamda YouTube kanallar uchun yuqori sifatli va kreativ videolarni suratga olish hamda montaj qilish;

Professional kameralar, yorug‘lik va maxsus texnikalar bilan mukammal ishlash;

Adobe Premiere Pro va boshqa montaj dasturlarida professional ishlov berish;

Montaj va grafikada zamonaviy sun’iy intellekt (AI) va neyron tarmoqlardan unumli foydalanish.

Talablar:

Professional kameralar va montaj dasturlari bilan ishlash tajribasi;

Mas’uliyat va intizom: O‘z ishiga jiddiy qaraydigan, berilgan topshiriq va muddatlarga rioya qiladigan mas’uliyatli mutaxassis kerak (keldi-ketti va mas’uliyatsizlar bezovta qilmasin);

O‘z ustida ishlash va rivojlanishga bo‘lgan kuchli xohish.

Sharoitlar:

Ish grafigi: 9:00 dan 18:00 gacha;

Ish joyi: Toshkent shahri, Tinchlik metro bekati atrofi (ofis / gibrid format muhokama qilinadi);

Ish haqi: Kelishilgan holda (tajriba va portfolioga qarab suhbatda belgilanadi, munosib mehnatingizga munosib haq to‘lanadi);

Kuchli va ahil jamoada professional o‘sish imkoniyati.