BITO
B2B Sales Manager
- B2B Продажи
- Sales Management
- Холодные продажи
- Leadership Skills
- Sales Skills
- Навыки продаж
- Управление отношениями с клиентами
- Узбекский — C2 — В совершенстве
- Русский — B2 — Средне-продвинутый
BITO Ecosystem — O‘zbekistonning bizneslari uchun sodda, ishonchli va zamonaviy biznes ekotizimini yaratayotgan texnologik kompaniya. Biz avtomatlashtirish bozoridagi TOP-3 kompaniyalar qatoriga kiramiz va jadal rivojlanmoqdamiz.
Biz tadbirkorlarga biznesini boshqarish, savdo jarayonlarini avtomatlashtirish va kundalik ishlarni yanada tartibli olib borishga yordam beradigan raqamli yechimlarni taklif qilamiz.
Hozirda jamoamizni kengaytirish va B2B yo‘nalishini rivojlantirish maqsadida B2B Sales Manager lavozimiga faol va natijaga yo‘naltirilgan mutaxassis izlayapmiz.
Vazifalar:
- Kiruvchi va chiquvchi leadlar bilan ishlash;
- Yangi B2B mijozlarni izlash va jalb qilish;
- Potensial mijozlar bilan telefon, Telegram va uchrashuvlar orqali muloqot qilish;
- Mijoz ehtiyojlarini aniqlash va mos yechimni taklif qilish;
- BITO mahsulot va xizmatlarini mijozlarga taqdim etish;
- Mahsulot demo va prezentatsiyalarini o‘tkazish;
- Muzokaralar olib borish va mijoz e’tirozlari bilan ishlash;
- Mijozni sotuv voronkasi bo‘yicha boshqarish;
- Follow-up jarayonlarini o‘z vaqtida amalga oshirish;
- Tijoriy takliflar bilan ishlash;
- CRM tizimida mijozlar va bitimlar haqidagi ma’lumotlarni muntazam yuritish;
- Sotuv rejasini bajarish;
- Sotuv natijalarini tahlil qilish va hisobot berish;
Talablar:
- B2B sotuv sohasida 2 yillik tajriba;
- Muloqot va muzokara olib borish qobiliyati;
- Mijoz ehtiyojini to‘g‘ri aniqlay olish;
- E’tirozlar bilan ishlash va sotuvni yopish ko‘nikmasi;
- Natijaga yo‘naltirilganlik;
- CRM tizimlari bilan ishlash ko‘nikmasi;
- Mas’uliyat va intizom;
- Tez o‘rganish va yangi mahsulotlarni o‘zlashtirish qobiliyati;
- Jamoada ishlay olish;
- O‘zbek va rus tillarida erkin muloqot qila olish.
Shartlar:
- Oylik daromad: 3 500 000 – 12 000 000 so‘mgacha;
- Daromad: fiks + KPI/bonus tizimi;
- 6/1 ish grafigi;
- Ish vaqti: 10:00–19:00;
- BITO mahsulotlari va sotuv tizimi bo‘yicha trening;
- Professional rivojlanish va karyera o‘sishi imkoniyati;
- Zamonaviy va rivojlanayotgan jamoada ishlash;
Bizga shunchaki qo‘ng‘iroq qiladigan xodim emas, mijoz bilan munosabat o‘rnata oladigan, biznes ehtiyojini tushunadigan va natija uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oladigan B2B Sales Manager kerak.
Agar siz uchun sotuv — shunchaki qo‘ng‘iroqlar soni emas, balki real natija bo‘lsa, BITO Ecosystem jamoasiga qo‘shiling.