SIFCO INTERNATIONAL
SMM менеджер
- SMM
- Видеосъемка
- Копирайтинг
- Adobe Photoshop
- Обработка видео
- Разработка контент-плана
- Узбекский — C2 — В совершенстве
Balloon by Megavan uchun kreativ, faol va kontent yaratishni yaxshi ko‘radigan SMM menejer qidiryapmiz.
Bizda kontent uchun material yetarli: avtomobillar, yuk va maxsus texnika, shinalar, disklar, servis, omborlar, mijozlar va real ish jarayonlari.
Sizning vazifangiz — bularning barchasini Instagram, Telegram va TikTok uchun qiziqarli kontentga aylantirish.
Nima qilasiz?
— Instagram, Telegram va TikTok sahifalarini yuritasiz
— Reels, Stories va postlar uchun g‘oyalar topasiz
— haftalik va oylik kontent-reja tuzasiz
— video va foto kontent olasiz
— kerak bo‘lganda mustaqil suratga olasiz
— CapCut, Premiere yoki boshqa dasturda bazaviy montaj qilasiz
— post va Reels uchun matn hamda ssenariy yozasiz
— oddiy banner va promo-materiallar tayyorlaysiz
— kontent natijalarini kuzatasiz: qamrov, faollik va leadlar
— ijtimoiy tarmoqlardan kelgan murojaatlarni tegishli bo‘limga yo‘naltirasiz
Siz bizga mos kelasiz, agar:
— SMM, kontent yoki digital marketingda kamida 1 yil tajribangiz bo‘lsa
— telefon yoki kamera orqali yaxshi kontent ola olsangiz
— CapCut, Premiere Pro yoki shunga o‘xshash dasturlarda ishlay olsangiz
— trendlarni kuzatsangiz va kreativ fikrlasangiz
— matn yozishni bilsangiz
— o‘zbek tilini erkin, rus tilini ishchi darajada bilsangiz
— mas’uliyatli bo‘lsangiz va vazifalarni oxirigacha yetkazsangiz
Canva yoki Photoshop bilishingiz — katta plus.
Biz nima taklif qilamiz?
— sinov muddati: 2 oy — 4 000 000 so‘m qo‘lga
— sinov muddatidan keyin: 8 000 000 so‘mgacha qo‘lga
— rasmiy ishga joylashish
— maosh oyiga 2 marta
— soliqlar kompaniya hisobidan
— bepul tushlik
— kompaniya hisobidan o‘qish va rivojlanish
— kompaniya loyihalari va tadbirlarida qatnashish
— xorijiy safarlar va sayohatlar imkoniyati
— kuchli portfolio yig‘ish imkoniyati
— kelajakda Senior SMM yoki Digital Marketing mutaxassisi sifatida o‘sish
Ish ofisda. Ba’zan kompaniya obyektlari va tadbirlarida suratga olish uchun chiqish bo‘lishi mumkin.
Agar siz kontent yaratishni yaxshi ko‘rsangiz, kreativ fikrlasangiz va real loyihalarda o‘sishni istasangiz — Balloon by Megavan jamoasiga qo‘shiling.