АКБ Туронбанк

Mahalla bankiri / Mikrokreditlash va aholi bilan ishlash bo'yicha mutaxassis

Не указана
  • Ташкент
  • Нет опыта

Ish joyi: Andijon viloyati, Jizzax viloyati, Qashqadaryo viloyati, Navoiy viloyati, Namangan viloyati, Samarqand viloyati, Surxondaryo viloyati, Sirdaryo viloyati, Toshkent viloyati, Farg'ona viloyati, Xorazm viloyati.

Sizning asosiy vazifalaringiz:

  • Biriktirilgan mahallalarda aholi bandligini ta'minlash va yangi ish o'rinlari yaratilishiga ko'maklashish;

  • Hokim yordamchilari bilan hamkorlikda hududdagi aholining tadbirkorlik salohiyatini o'rganish;

  • Istiqbolli biznes-g'oyalarni aniqlash va ularni bank tomonidan moliyalashtirish orqali amalga oshirishga yordam berish;

  • Moliyalashtirilgan mijozlar faoliyatini doimiy kuzatib borish va biznes yuritish bo'yicha amaliy maslahatlar berish;

  • Bank mahsulotlari va moliyaviy xizmatlarni aholi o'rtasida keng targ'ib qilish;

  • Yangi mijozlarni jalb qilish va aholining moliyaviy savodxonligini oshirish tadbirlarini tashkil etish;

  • Tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi daromadlarini oshirishga qaratilgan davlat dasturlarini amalga oshirishda faol ishtirok etish;

  • Tadbirkorlar, mahalla aholisi va mahalliy davlat organlari o'rtasida o'zaro hamkorlikni o'rnatish;

  • Ajratilgan kreditlar bo'yicha muammoli qarzdorlikni (NPL) kamaytirish va undirish bo'yicha tizimli ishlarni olib borish.

Talablar:

  • Oliy ma'lumot;

  • O'zbek tilida erkin va ravon muloqot qila olish (rus tilini bilish qo'shimcha ustunlik beradi);

  • Aholi bilan bevosita faol ishlash va biriktirilgan hududlarga muntazam ravishda chiqishga tayyorlik (dala ishlari);

  • Muzokaralar olib borish, mijozlar bilan ishlash va ularga sifatli maslahat berish ko'nikmalari;

  • Yuqori mas'uliyat hissi va aniq natijaga erishishga qaratilganlik;

  • Bank, moliya, savdo, mijozlarga xizmat ko'rsatish yoki tadbirkorlik sohasida ish tajribasi ustunlik hisoblanadi.

Sharoitlar:
  • Rasmiy ishga joylashtirish.

  • Sinov muddati: suhbat davomida muhokama qilinadi (sinov muddatidagi maosh stavkasi ham).

  • Raqobatbardosh daromad darajasi.

  • Ish jadvali: 5/2, 09:00 dan 18:00 gacha.

  • Kasbiy va karyera jihatdan o‘sish imkoniyatlari.