"Najot Ta'lim" markazi o'z jamoasiga Retention menejerlarni taklif etadi
Ish vaqti: 09:00 - 18:00, 13:00 - 21:00, 6/1
Oylik: 3.000.000 - 5.000.000 so'm + KPI
Manzil: Chilonzor filiali
Vazifalar:
— Talabalar bilan muntazam aloqa olib borish;
— O‘qishni tashlab ketish xavfi bo‘lgan talabalarni aniqlash;
— Talabalarning muammo va ehtiyojlarini o‘rganish;
— Talabalarni o‘qishni davom ettirishga motivatsiya qilish;
— Talabalarning ketish sabablarini tahlil qilish va tegishli choralarni ishlab chiqish;
— Talabalar bilan bog‘liq muammolarni tegishli bo‘limlar bilan hamkorlikda hal qilish;
— Retention va churn ko‘rsatkichlarini kuzatish va tahlil qilish.
Talablar:
— Mijozlar bilan ishlash, call-center yoki retention yo‘nalishida tajriba;
— O‘zbek tilida erkin muloqot qila olish;
— Kuchli kommunikatsiya va tinglash ko‘nikmasi;
— Stressga chidamlilik va sabr;
— Muammoli vaziyatlarda yechim topa olish;
— CRM tizimlarida ishlash tajribasi afzal ko‘riladi.
Biz sizga taklif qilamiz:
— Til o'rganish va kitob sotib olish uchun chegirmalar;
— Elektron qurilmalar sotib olish uchun chegirmalar;
— Qarindoshlaringizni IT sohalarida o'qitish uchun chegirma;
— 400 dan ortiq mutaxassislar bilan "networking";
— Turli mavzularda maxsus "master-klass"lar;
— Jamoa a'zolari bilan O'zbekiston bo'ylab sayohat va "team building"lar;
— Kuchli va ahil jamoa!