BESTON (DFGB GROUP LLC)
HR-менеджер
8 000 000 - 14 000 000 UZS
- Подбор персонала
- Обучение и развитие
- Обучение персонала
- Система мотивации персонала
- Разработка штатного расписания
- Анализ требований
- Мотивация сотрудников
- Внутренние коммуникации
- Управление репутацией
- Аттестация персонала
- Грейдинг
- Хедхантинг
- Тимбилдинг
- Узбекский — C2 — В совершенстве
Vazifalar:
- HR jarayonlarini raqamlashtirish, soddalashtirish va avtomatlashtirish bo‘yicha yangi yechimlarni izlash va taklif qilish.
- Faqat topshiriq kutib ishlamasdan, HR jarayonlaridagi muammolarni mustaqil aniqlash, yangi fikr va yechimlar taklif qilish hamda tashabbuslarni natijagacha olib borish.
- AI vositalarini o‘rganish va recruitment, CV tahlili, HR hujjatlari, analitika, trening hamda boshqa HR jarayonlarida faol qo‘llash.
- Xodimlarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash, vakansiyalarni joylashtirish, nomzodlarni izlash, saralash, suhbatdan o‘tkazish va munosib xodimlarni ishga jalb qilish.
- Vakansiyalarni belgilangan muddatlarda sifatli nomzodlar bilan yopish va kadrlar zaxirasini shakllantirish.
- Yangi xodimlarning onboarding, moslashuv va sinov muddati jarayonlarini tashkil etish va nazorat qilish.
- Lavozim vazifalari, KPI va xodimlarni baholash tizimlarini rahbariyat va bo‘lim rahbarlari bilan birgalikda ishlab chiqish va takomillashtirish.
- Xodimlarning ish samaradorligi, davomat, kechikish va mehnat intizomini nazorat qilish.
- Xodimlarni motivatsiya qilish, rag‘batlantirish, rivojlantirish va lavozim bo‘yicha o‘sishi yuzasidan takliflar berish.
- Treninglar, o‘quv dasturlari va xodimlarni rivojlantirish jarayonlarini tashkil etish.
- Korporativ madaniyatni rivojlantirish va jamoada sog‘lom, samarali ish muhitini shakllantirish.
- Xodimlar almashinuvi va ishdan ketish sabablarini tahlil qilish, muammolarni aniqlash va rahbariyatga aniq yechimlar bilan takliflar berish.
- HR bo‘yicha asosiy ko‘rsatkichlar va natijalarni tahlil qilib, rahbariyatga muntazam hisobot taqdim etish.
Talablar:
- Tashabbuskor bo‘lish — faqat topshiriq kutib ishlamasdan, o‘zidan yangi fikr, yechim va takliflar bera olish.
- Yangilikka ochiq, izlanadigan va HR tizimini doimiy yaxshilashga intiladigan bo‘lish.
- HR yoki xodimlarni boshqarish sohasida kamida 3 yillik ish tajribasi.
- Recruitment — xodimlarni izlash, tanlash, suhbatdan o‘tkazish va baholash bo‘yicha amaliy tajribaga ega bo‘lish.
- KPI, onboarding, motivatsiya va xodimlarni baholash jarayonlari bo‘yicha tushunchaga ega bo‘lish.
- AI vositalarini o‘rganishga qiziqishi va ularni HR jarayonlarida faol qo‘llashga tayyor bo‘lishi.
- Kuchli kommunikatsiya, tashkilotchilik va muammolarni hal qilish qobiliyatiga ega bo‘lish.
- Kompyuter va ofis dasturlaridan ishonchli foydalana olish.
- Mas’uliyatli, intizomli va natijaga yo‘naltirilgan bo‘lish.
Shartlar:
- Ish formati: ofisda.
- Ish grafigi: 6/1.
- To‘liq ish kuni.
- Barqaror va o‘z vaqtida to‘lanadigan oylik maosh.
- Zamonaviy va qulay ofis.