International Agriculture University
Ichki ta’lim sifati nazorati bo‘limi boshlig'i
Не указана
- Английский язык
- Деловое общение
- Деловая коммуникация
- Обучение и развитие
- Телефонные переговоры
- Руководство коллективом
- Узбекский — C2 — В совершенстве
- Английский — B2 — Средне-продвинутый
Mas'uliyatlar:
- Universitetning ichki ta’lim sifati audit tizimini tashkil etish, boshqarish va rivojlantirish;
- Fakultetlar, kafedralar va akademik bo‘linmalar faoliyatini sifat mezonlari asosida monitoring va auditdan o‘tkazish;
- Ta’lim dasturlari, o‘quv jarayoni, baholash tizimi va talabalar akademik natijalarining belgilangan talab va standartlarga muvofiqligini baholash;
- Ichki audit rejalari, mezonlari va indikatorlarini ishlab chiqish hamda audit natijalari bo‘yicha tahliliy hisobot va tavsiyalar tayyorlash;
- Aniqlangan nomuvofiqliklar bo‘yicha takomillashtirish va corrective action rejalarini ishlab chiqish hamda ularning ijrosini monitoring qilish;
- Ta’lim sifatini ta’minlash bo‘yicha ichki siyosat, nizom, reglament va protseduralarni takomillashtirishda ishtirok etish;
- Ta’lim dasturlarini monitoring qilish, davriy ko‘rib chiqish va takomillashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish;
- Talabalar, bitiruvchilar, ish beruvchilar va boshqa manfaatdor tomonlarning fikr-mulohazalarini o‘rganish va natijalaridan foydalanish;
- Davlat va xalqaro akkreditatsiya jarayonlariga tayyorgarlikni muvofiqlashtirish hamda self-evaluation va programme review hujjatlarini tayyorlashda rahbarlik qilish;
- Bo‘lim xodimlari faoliyatini tashkil etish, vazifalarni taqsimlash va ijrosini nazorat qilish;
- Ta’lim sifati bo‘yicha universitet rahbariyatiga tahliliy ma’lumot va takliflar taqdim etish;
- Milliy va xalqaro ilg‘or tajribalarni o‘rganish hamda universitet amaliyotiga joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
- Oliy ma’lumot;
- Ta’lim sifati, akademik boshqaruv, akkreditatsiya, ichki audit yoki oliy ta’lim sohasida kamida 5 yil professional ish tajribasi;
- Oliy ta’lim tashkilotida rahbarlik yoki muvofiqlashtiruvchi lavozimda ish tajribasi;
- Ta’lim sifatini ta’minlash, ichki audit, self-assessment, programme review va quality improvement jarayonlari bo‘yicha bilim va amaliy tajriba;
- Ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, monitoring qilish va baholash bo‘yicha tajriba;
- O‘zbekiston Respublikasining ta’lim sohasidagi qonunchiligi va normativ-huquqiy hujjatlarini yaxshi bilish;
- Davlat va xalqaro akkreditatsiya talablari haqida tushunchaga ega bo‘lish;
- Kuchli tahliliy, tashkiliy va kommunikativ ko‘nikmalar;
- Jamoani boshqarish, vazifalarni taqsimlash va natijalarni nazorat qilish qobiliyati;
- Yuqori darajadagi xolislik, mustaqillik, mas’uliyat va professional etika;
- MS Office, Google Workspace va raqamli ta’lim boshqaruvi tizimlaridan samarali foydalana olish;
- O‘zbek tilini mukammal bilish;
- Ingliz tilini kamida B2 darajada bilish.
- Davlat yoki xalqaro akkreditatsiya jarayonlarida ishtirok etish tajribasi;
- QAA, UK Quality Code, ESG yoki boshqa xalqaro ta’lim sifati standartlari bilan ishlash tajribasi;
- Xalqaro universitet yoki ta’lim tashkilotida quality assurance/quality enhancement yo‘nalishida tajriba;
- Self-Evaluation Report, Programme Review, Quality Improvement Plan kabi hujjatlarni tayyorlash tajribasi;
- External examinerlar, tashqi ekspertlar yoki akkreditatsiya tashkilotlari bilan ishlash tajribasi.
- Xalqaro hamkorlikka ega zamonaviy universitetda professional faoliyat yuritish;
- Universitetning ta’lim sifati va akademik boshqaruv tizimini rivojlantirishda strategik darajada ishtirok etish;
- Xalqaro standartlar va ilg‘or tajribalarni amaliyotga joriy etish imkoniyati;
- Professional rivojlanish va malaka oshirish imkoniyatlari;
- Raqobatbardosh mehnat shartlari va professional xalqaro akademik muhit.