📢 SERVIS BO‘LIMIGA ADMINISTRATOR ISHGA TAKLIF QILAMIZ!
PREP.UZ jamoasiga mas’uliyatli, muloqotga kirisha oladigan va o‘quvchilar bilan ishlashni yoqtiradigan administrator qidirmoqdamiz.
💼 Vazifalar:
- Darslarga qatnashmayotgan yoki darslarga kirmayotgan o‘quvchilarga qo‘ng‘iroq qilish;
- O‘quvchilarning darsga qatnashmayotganlik sabablarini aniqlash;
- O‘quvchilar duch kelayotgan muammolarni aniqlash va ularga to‘g‘ri yechim topishda yordam berish;
- O‘quvchilarning savollariga chat orqali javob berish;
- O‘quvchilardan kelib tushgan murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va nazorat qilish;
- Qo‘ng‘iroqlar natijalari va aniqlangan muammolarni jadval/reestrga kiritish;
-
👩 Talablar:
- O‘zbek tilini yaxshi darajada bilish;
- O‘zbek tilida savodli va xatosiz yozish;
- Rus tilini bilish — afzallik;
- Chiroyli, ravon va odobli nutq;
- Muloqotchanlik va odamlar bilan tez til topisha olish;
- O‘quvchilarning savollarini to‘g‘ri tushunish va ularga aniq javob bera olish;
- Muammoli vaziyatlarda to‘g‘ri yechim topa olish;
- Mas’uliyatlilik, diqqatlilik va tezkorlik;
- Kompyuterda bemalol ishlay olish;
- Ko‘p sonli murojaatlar bilan ishlashga tayyorlik;
- Stressga chidamlilik va xushmuomalalik;
- Servis yoki mijozlar bilan ishlash tajribasi — afzallik, lekin majburiy emas.
-
💰 Shartlar:
- Ish haqi: 2 500 000 so‘m + KPI;
- Ish grafigi: 6/1;
- Smenalar:
🕙 10:00–19:00
🕐 13:00–21:00 - Ishga moslashish davrida o‘qitish va qo‘llab-quvvatlash.
-
📩 Agar siz o‘quvchilar bilan ishlashga qiziqsangiz va muammolarga yechim topishni bilsangiz, rezyumengizni bizga yuboring!
- Aniqlangan muammolarni tegishli mas’ul xodimlarga yetkazish;
- O‘quvchilarning fikr-mulohazalarini nazorat qilish va xizmat sifatini yaxshilashga ko‘maklashish.