Air Products'da biz imkoniyatlarni qayta tasavvur qilamiz. Xodimlarimizning motivatsiyasiga va umumiy tajribamizga tayanib, bizni oldinga siljitadigan g'oya va innovatsiyalarni yaratamiz. Birlashganimizda – har bir ovoz eshitiladigan va har kim o'zini tegishli va muhim his qiladigan muhitda – biz odamlarni kosmikka uchiradigan, shifoxonalarda hayotni saqlab qolish bo'yicha yordam beradigan va dunyo miqyosidagi inqilobiy ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etishni ta'minlaydigan yechimlar yaratamiz.
Navoiyda suyuq CO₂ ishlab chiqarish zavoding kengayish imkoniyatlari va kelajakdagi biznes ehtiyojlari uchun Smena Operatori/Texnigi lavozimi bo’yicha nomzodlarning bazasini shakllantirmoqdamiz.
Air Products jamoasiga Smena Operatori/Texnigi sifatida qo‘shiling!
Ushbu lavozimda siz zavodning kundalik operatsion faoliyatini xavfsiz va samarali olib borish, uskunalar holatini kuzatish hamda ishlab chiqarish jarayonlarining kompaniya standartlariga muvofiqligini ta’minlashda muhim rol o‘ynaysiz. Xavfsizlikka mas’uliyat bilan yondashadigan, texnik bilimga va ishlab chiqarish muhitida tegishli tajribaga ega mutaxassislarning arizalarini mamnuniyat bilan qabul qilamiz.
Asosiy vazifalaringiz:
- Zavoddagi operatsion, dala va DCS jarayonlarini xavfsiz olib borish.
- Uskunalarni muntazam tekshirish va aniqlangan ma’lumotlarni SAP yoki tegishli tizimlarda qayd etish.
- Uskunalarning asosiy ko‘rsatkichlarini monitoring qilish va noodatiy holatlar haqida o‘z vaqtida xabar berish.
- Texnik xizmat ko‘rsatish ishlaridan oldin uskunalarni xavfsiz tayyorlash.
- Suyuq CO₂ sisternalarini kompaniya standartlari va amaldagi talablar asosida xavfsiz yuklash.
- Texnik xizmat ko‘rsatish jamoasi bilan hamkorlik qilish va kunlik ishlab chiqarish yig‘ilishlarida qatnashish.
- Mehnat xavfsizligi, sanoat xavfsizligi va atrof-muhitni muhofaza qilish talablariga rioya qilish.
- Tegishli hollarda GMP/GDP va korxonaning sifat menejmenti tizimi talablariga muvofiq ishlash.
Sizdan quyidagilarni kutamiz:
- Muhandislik yo‘nalishidagi oliy yoki o‘rta maxsus texnik ta’lim
- Zavod/uskunalarni ekspluatatsiya qilish sohasida kamida 5 yillik tajriba.
- Xavfsizlikka mas’uliyatli yondashuv.
- Samarali muloqot va jamoada ishlash ko‘nikmalari.
- Ishlab chiqarish uskunalari va jarayonlari bo‘yicha amaliy bilim.
- Belgilangan tartib va standartlarga rioya qilgan holda ishlash qobiliyati.
- O‘zbek tilini bilish talab etiladi; ingliz tilini bilish afzallik hisoblanadi.
- Kompyuterdan, jumladan Microsoft Office dasturlaridan samarali foydalanish ko‘nikmalari.
- Raqobatbardosh ish haqi (suhbatdan so‘ng kelishiladi) va qulay mehnat sharoitlari
- Ish haqi oyiga ikki marta O‘zbekiston so‘mida to‘lanadi
- Oylik samaradorlik mukofoti
- Ish grafigi: 12-soatlik smena 2/2 tarzda
- Ish joyi Navoiy shahridagi zavod hududida joylashgan
- Yillik mehnat ta’tili – 21 kalendar kun. Shuningdek, kompaniya tomonidan yiliga qo‘shimcha 4 kalendar kunlik ta’til taqdim etiladi
- Xodimlarni hayot va sog‘liqni sug‘urtalash (shu jumladan, retsept bo‘yicha beriladigan dorilar xarajatlari qoplanishi bilan)
- Ovqatlanish uchun kompensatsiya
- Sodiqlik mukofoti sifatida uzoq muddatli mehnat faoliyati uchun rag‘batlantirish
- Sog‘likni tiklash uchun kompensatsiya
- Bayram kunlari uchun mukofot
- Global kompaniyada ishlash bo‘yicha noyob tajriba va xalqaro loyihalarda rivojlanish imkoniyati
"Air Products" kompaniyasiga qiziqish bildirganingiz uchun oldindan minnatdorchilik bildiramiz! Biz aynan iste’dodli xodimlarimiz tufayli rivojlanishimiz va yuqori natijalarga erishishimizga ishonamiz.
Sizni jamoamizda ko‘rishdan mamnun bo‘lamiz!