O`quv markaz uchun kontent yaratuvchi menejer qidirilmoqda.
Mazkur xodim quyidagi vazifalar uchun to`liq javobgar sanaladi:
1. Telegram va instagramda chiqadigan post hamda videolar uchun kreativ kontent g`oyalarini yaratish va amalda qo`llash (Kontent plan tuzish).
2. Video kontentlar uchun ssenariy yozish.
3. Mobilograf, montajchi va dizayner ishini boshqarish va muvofiqlashtirish.
4. Media bo`limi faoliyatini to`liq nazorat qilish va javobgar bo`lish.
5. Reklama g`oyalarini ishlab chiqish va PR jarayonlarini tashkil etish.
6. Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarni yuritish:
a) tayyor video va posterlarni joylashtirish;
b) postlar yozish va joylashtirish;
d) reklama matnlarini yozish.
Nomzod quyidagi talablarga javob berishi lozim:
1. Marketingni chuqur tushunishi lozim.
2. Kreativ g`oyalar topish xususiyatiga ega bo`lishi lozim.
3. Dedlaynga qat`iy amal qilishi va tartib-intizomi kuchli bo`lishi lozim.
Maosh KPI va bonuslar asosida hisoblanadi va doimiy oshib boradi.
Ish 60 % masofadan amalga oshirilishi mumkin, muhim syomka jarayonlarida esa xodim shaxsan qatnashishi lozim.
Shunchaki ishlab ko`rmoqchi, o`zini sinab ko`rmoqchi bo`lganlar, avval bu turdagi ishda ishlamaganlar va shunchaki ish qidirayotganlar arizasi mutlaqo ko`rib chiqilmaydi. Bezovta qilmang, iltimos. Bir-birimizning vaqtimizni hurmat qilaylik.