TYRE ZONE

Заведующий складом/Omborxona mudiri ESHONGUZAR

Не указана
  • Ташкент
  • От 3 до 6 лет

MASAAFA kompaniyasi jamoasiga ombor faoliyatini professional darajada boshqara oladigan, kuchli liderlik va boshqaruv tajribasiga ega Omborxona mudirini ishga taklif qiladi.

Asosiy vazifalar:

  • Omborxona faoliyatini to'liq boshqarish va barcha jarayonlarni nazorat qilish;
  • Ombor xodimlari jamoasini shakllantirish, boshqarish, motivatsiya qilish va rivojlantirish;
  • Tovarlarni qabul qilish, joylashtirish, saqlash va jo'natish jarayonlarini samarali tashkil etish;
  • Inventarizatsiyalarni rejalashtirish va o'tkazish, qoldiqlarni nazorat qilish;
  • Ombor hisobi va hujjatlarining to'g'ri yuritilishini ta'minlash;
  • Mehnat xavfsizligi, tartib-intizom va ombor standartlariga rioya etilishini nazorat qilish;
  • Ombor samaradorligini oshirish, yo'qotishlarni kamaytirish va ish jarayonlarini optimallashtirish.

Talablar:

  • Ombor mudiri yoki shunga o'xshash rahbarlik lavozimida kamida 3 yil ish tajribasi;
  • Liderlik va jamoani boshqarish bo'yicha amaliy tajriba (majburiy);
  • Xodimlar ishini rejalashtirish, nazorat qilish va natijaga yo'naltira olish;
  • Ombor logistika jarayonlari, inventarizatsiya va ombor hisobi bo'yicha chuqur bilim;
  • 1C, WMS yoki boshqa ombor dasturlari bilan ishlash tajribasi;
  • MS Excel dasturini yaxshi bilish;
  • Mas'uliyatli, halol, tartibli, talabchan va qaror qabul qilish qobiliyatiga ega bo'lish;
  • Kara haydashni bilishi kerak.

Biz taklif qilamiz:

  • Barqaror va rivojlanayotgan kompaniyada ishlash;
  • Raqobatbardosh ish haqi (suhbat asosida);
  • Kasbiy rivojlanish va martaba o'sishi imkoniyati;
  • Professional va ahil jamoa.

Ish joyi: Toshkent shahri, Eshonguzar.

Biz uchun eng muhimi omborni nafaqat boshqara oladigan, balki jamoani ortidan ergashtira oladigan, mas'uliyatni o'z zimmasiga oladigan va natija uchun javob bera oladigan rahbarni topishdir.