Buxgalter
Kompaniyamizga tajribali, mas’uliyatli va zamonaviy buxgalteriya tizimlarida mustaqil ishlay oladigan buxgalter izlaymiz.
Asosiy vazifalar:
- Bank orqali korxona to‘lovlarini mustaqil amalga oshirish;
- Milliy va xalqaro bank o‘tkazmalari bilan ishlash;
- SWIFT xalqaro o‘tkazmalarini rasmiylashtirish va nazorat qilish;
- Didox tizimida shartnoma, hisob-faktura, AKT va boshqa elektron hujjatlar bilan ishlash;
- my3.soliq.uz orqali soliq hisobotlari va tegishli operatsiyalarni amalga oshirish;
- 1C dasturida buxgalteriya operatsiyalarini yuritish;
- E-Contract tizimida shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish va yuritish;
- my.mehnat.uz tizimida xodimlar bo‘yicha tegishli ishlarni amalga oshirish;
- Import operatsiyalari, bojxona hujjatlari va import bo‘yicha hisob-kitoblar bilan ishlash;
- Yetkazib beruvchilar va mijozlar bilan o‘zaro hisob-kitoblarni nazorat qilish;
- Birlamchi buxgalteriya hujjatlarini tekshirish va rasmiylashtirish.
Nomzodga talablar:
Buxgalteriya sohasida amaliy ish tajribasi;
Import operatsiyalari bo‘yicha tajriba;
Bank-client tizimlari orqali to‘lovlarni mustaqil amalga oshira olish;
Didox, my3.soliq.uz, 1C, E-Contract va my.mehnat.uz tizimlarida erkin ishlay olish;
Xalqaro pul o‘tkazmalari, jumladan SWIFT bo‘yicha amaliy ko‘nikmaga ega bo‘lish;
Ingliz tilida kamida B1 darajasida muloqot qila olish;
Hujjatlar va raqamlar bilan ishlashda diqqatli bo‘lish;
Mas’uliyatli, tartibli va ishni belgilangan muddatda bajarishga odatlangan bo‘lish;
Jamoa bilan samarali ishlay olish.
Qo'shimcha ustunlik:
- Xalqaro kompaniya yoki import bilan shug‘ullanuvchi korxonada ishlagan tajriba
- Bir nechta yuridik shaxsning buxgalteriyasini yuritish tajribasi.
Ish haqi va boshqa mehnat sharoitlari suhbat davomida nomzodning tajribasi va malakasiga qarab kelishiladi.