ННО UZBEKISTAN CREATIVE ASSOCIATION

GameDev, animatsiya, Digital Art va 3D modellashtirish bo‘yicha o‘qituvchi / mentor

5 000 000 - 10 000 000 UZS
  • Ташкент
  • От 1 года до 3 лет
Yoshlarga kreativ kasblarni o‘rgatish uchun Farg‘ona viloyati, Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘qituvchi va mentorlar izlayapmiz.

Quyidagi yo‘nalishlardan bittasini bilishingiz yetarli:

• GameDev — kompyuter yoki mobil o‘yinlar yaratish.
• Animatsiya — 2D yoki 3D animatsiya.
• Digital Art — raqamli rasm, illyustratsiya va personajlar chizish.
• 3D modellashtirish — uch o‘lchamli obyekt va personajlar yaratish.

Nima ish qilasiz?

• Boshlang‘ich darajadagi o‘quvchilarga o‘z yo‘nalishingiz bo‘yicha dars berasiz.
• Mavzularni sodda tushuntirib, amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazasiz.
• O‘quvchilarning ishlarini ko‘rib, xatolarini tuzatishga yordam berasiz.
• Ularni kichik loyihalar va dastlabki portfoliosini tayyorlashga yo‘naltirasiz.

Sizdan nimalar kutamiz?

• Tanlagan yo‘nalishingiz bo‘yicha amaliy bilim.
• Shu yo‘nalishga mos dasturlardan kamida bittasida ishlay olish. Masalan: Unity, Unreal Engine, Blender, Maya, Photoshop, Krita yoki boshqa mos dastur.
• Bilimingizni sodda tushuntira olish va yoshlar bilan ishlashga qiziqish.
• Darslarga mas’uliyat bilan yondashish.

O‘qituvchilik tajribasi bo‘lsa yaxshi, lekin majburiy emas. Shaxsiy, o‘quv yoki buyurtma asosida bajargan ishlaringizni ko‘rsatishingiz mumkin. Oliy ma’lumot, xalqaro sertifikat yoki ko‘p yillik tajriba talab qilinmaydi.

Ish shartlari

• Ish hududi: Farg‘ona viloyati, Xorazm viloyati yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasi.
• Dars jadvali va yuklamasi suhbat davomida kelishiladi.
• Ish haqi yo‘nalish, amaliy ko‘nikma va dars yuklamasiga qarab kelishiladi.

Qanday murojaat qilasiz?

Murojaatingiz boshida yo‘nalishingiz va hududingizni yozing. Masalan:

• GameDev, Xorazm
• Digital Art, Farg‘ona
• Animatsiya, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
• 3D modellashtirish, Xorazm

So‘ng qayerda ta’lim olganingiz yoki sohani qanday o‘rganganingiz, qaysi dasturlarda ishlashingiz haqida qisqacha ma’lumot bering. O‘qituvchilik yoki mentorlik tajribangiz bo‘lsa, uni ham ko‘rsating.