ЧП IFOR TOYS

Marketpleys menejeri | Менеджер маркетплейсов

3 000 000 - 10 000 000 UZS
  • Ташкент
  • От 1 года до 3 лет
  • Маркетплейсы
  • E-Commerce
  • Ozon
  • Интернет-реклама
  • Управление интернет-проектами
  • Анализ продаж
  • Узбекский — C2 — В совершенстве

1. Lavozim haqida umumiy ma’lumotlar.

1.1. Shtat ma’lumotlari:
a) lavozim nomi – Sotuv va rivojlantirish bo‘limi elektron savdolar menejeri (bundan keyin matnda xodim);
b) bo‘lim – Sotuv va rivojlantirish bo‘limi;
c) kimga bo‘ysunadi – Kompaniya rahbari, bo‘lim mudiri, bo‘lim katta sotuv menejeri;
d) kimlar unga bo‘ysunadi – Bo‘lim sotuv menejeri yordamchisi;
e) lavozim maqsadi – Kompaniya tovar va xizmatlarini kompaniyaning rasmiy saytlari, elektron do‘konlar va marketpleyslar orqali samarali sotishni tashkil etish, elektron savdo kanallarini rivojlantirish, sotuv hajmini oshirish hamda onlayn mijozlar bazasini kengaytirish.


1.2. Ish faoliyati:
a) ish joyi – Shartnomaga ko‘ra;
b) ish vaqti tartibi – Shartnomaga ko‘ra;
c) ish kiyimi – klassik.


1.3. Umumiy vazifalar:
a) kompaniya tovar va xizmatlarini saytlar, elektron do‘konlar va marketpleyslar orqali sotishni tashkil etish;
b) kompaniyaning elektron savdo platformalaridagi do‘konlari va savdo sahifalarini yuritish;
c) tovar va xizmatlarni elektron savdo platformalariga joylashtirish, mahsulot va xizmatlar kartochkalarini yaratish va muntazam yangilab borish;
d) tovar va xizmatlarning nomi, tavsifi, xususiyatlari, narxi, mavjudligi, fotosuratlari va boshqa ma’lumotlarining to‘g‘ri va dolzarb bo‘lishini ta’minlash;
e) elektron savdo kanallari orqali kelib tushgan buyurtmalarni nazorat qilish va ularning o‘z vaqtida bajarilishini muvofiqlashtirish;
f) elektron savdo platformalaridagi sotuvlar, buyurtmalar, daromad va boshqa asosiy ko‘rsatkichlarni muntazam monitoring qilish;
g) marketpleys va boshqa elektron savdo platformalarida kompaniya tovarlarining ko‘rinishi va raqobatbardoshligini oshirish;
h) elektron savdo platformalaridagi aksiyalar, chegirmalar, maxsus takliflar va reklama kampaniyalarida ishtirok etishni tashkil etish;
i) mijozlarning elektron savdo platformalaridagi savol, murojaat, sharh va e’tirozlari bilan ishlash;
j) mijozlarning elektron savdo kanallaridagi xarid tajribasini yaxshilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
k) elektron savdo kanallari bo‘yicha sotuv rejalari va belgilangan KPI ko‘rsatkichlarini bajarish;
l) raqobatchilar, ularning tovar va xizmatlari, narxlari, aksiyalari va elektron savdo platformalaridagi faoliyatini monitoring qilish;
m) elektron savdo kanallarini rivojlantirish va sotuv hajmini oshirish bo‘yicha takliflar kiritish;
n) kompaniyaning elektron savdo platformalaridagi ijobiy imidjini shakllantirish va saqlash.


1.4. Talab etilgan ma’lumot:
a) o‘rta maxsus yoki oliy ma’lumot (marketing, biznes, iqtisod yoki tegishli yo‘nalish);
b) elektron tijorat, marketplace, raqamli marketing yoki sotuv sohasidagi kurslar (afzal).


1.5. Ish tajribasi:
a) elektron savdo, sotuv, marketplace yoki mijozlar bilan ishlash sohasida kamida 1 yillik tajriba;
b) Uzum Market, Wildberries, Ozon, Amazon yoki boshqa marketpleyslar bilan ishlash tajribasi ustunlik beradi.


1.6. Bilimlar:
a) elektron savdo va internet orqali sotuv asoslari;
b) marketpleys va elektron do‘konlar bilan ishlash tamoyillari;
c) elektron savdo platformalarida mahsulot joylashtirish va mahsulot kartochkalarini yuritish;
d) kompaniya xizmat va tovarlari haqida bilim;
e) elektron savdo orqali mijozlar bilan ishlash tamoyillari;
f) narx belgilash, aksiyalar va chegirmalarni tashkil etish asoslari;
g) elektron savdo ko‘rsatkichlari va sotuv tahlili asoslari;
h) CRM tizimlari va elektron savdo platformalaridan foydalanish;
i) o‘zbek tilini (og‘zaki va yozma tarzda) mukammal bilishi (rus yoki ingliz tilini bilishi afzal);
j) MS Office (Word, Excel), Google Drive, marketpleys ilovalari va boshqa raqamli vositalarni bilish.


1.7. Ko‘nikmalar:
a) elektron savdo platformalarini samarali boshqarish;
b) marketpleys va elektron do‘konlarda mahsulot va xizmatlarni joylashtirish va boshqarish;
c) mahsulot va xizmatlar kartochkalarini yaratish va optimallashtirish;
d) elektron savdo ko‘rsatkichlarini tahlil qilish;
e) mijozlarning onlayn murojaatlari va e’tirozlari bilan ishlash;
f) raqobatchilar va bozorni monitoring qilish;
g) elektron savdo kanallarida sotuvni oshirish usullarini qo‘llash;
h) hisobot yuritish.


1.8. Shaxsiy sifatlar:
a) kommunikativlik; b) tashabbuskorlik; c) natijaga yo‘naltirilganlik;
d) mas’uliyatlilik; e) stressga chidamlilik; f) intizomlilik.


1.9. Lavozim imkoniyatlari:
a) raqobatbardosh ish haqi;
b) rasmiy mehnat faoliyati;
c) kasbiy va karyera o‘sishi imkoniyati;
d) zamonaviy va qulay ish muhiti;
e) trening va rivojlanish dasturlari;
f) do‘stona va qo‘llab-quvvatlovchi jamoa.

Agar e’lonni oxirigacha o‘qigan bo‘lsangiz, demak siz diqqat-e’tiborli mutaxassis ekansiz, bizga murojaat qilayotganingizdan mamnunmiz. Iltimos, murojaatingizda “tanishib chiqdim” kalit so‘zini yozib qoldiring!