IZI7
Рентген-лаборант
- Документальное сопровождение
- Практическая медицина
- Лечебная деятельность
RENTGEN-LABORANT
IZI 7 jamoasiga mas’uliyatli va o‘z ishini yaxshi biladigan rentgen-laborant qidirmoqdamiz.
📌 Talablar:
-
Rentgen-laborant sifatida ishlash bo‘yicha bilimga ega bo‘lish;
-
Inson anatomiyasi va biomexanikasini yaxshi bilish;
-
Oyoq panjasi anatomiyasi va biomekanikasi haqida tushunchaga ega bo‘lish;
-
Mas’uliyatli, diqqatli va tartibli bo‘lish;
-
Tibbiy uskunalar bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lish;
-
Yangi texnologiyalarni o‘rganishga qiziqish;
-
Ish tajribasi bo‘lishi afzallik, lekin majburiy emas.
💼 Vazifalar:
-
Oyoq panjasini diagnostika qilish jarayonida ishtirok etish;
-
Maxsus skaner yordamida oyoq panjasi ma’lumotlarini olish;
-
Olingan ma’lumotlarni to‘g‘ri tahlil qilish;
-
Oyoq panjasi tuzilishi va biomexanik xususiyatlarini hisobga olish;
-
Individual ortopedik stelkalarni tayyorlash jarayonida ishtirok etish;
-
Uskunalar bilan to‘g‘ri va ehtiyotkor ishlash.
🏢 Biz taklif qilamiz:
-
Zamonaviy texnologiyalar bilan ishlash;
-
Professional rivojlanish imkoniyati;
-
Do‘stona va zamonaviy ish muhiti;
-
Barqaror ish;
-
Maosh suhbat asosida belgilanadi.
📍 Manzil: Toshkent shahri ТЦ Alfraganus