SHOESTEILL

Sotuv bo‘limi operatori | DILMUSS

4 000 000 - 6 000 000 UZS
  • Ташкент
  • Нет опыта

Mijozlar bilan muloqot qilishni yoqtirasizmi? Sotuv sohasida rivojlanib, fashion sohasida karyera qurishni xohlaysizmi?

Unda DILMUSS jamoasiga qo‘shiling!

DILMUSS — O‘zbekiston bo‘ylab 54 dan ortiq filialga ega, zamonaviy va sifatli ayollar kiyimlari tarmog‘i. Biz o‘sib borayotgan Sotuv bo‘limimizga mijozlar bilan professional ishlay oladigan va natijaga intiladigan Sotuv bo‘limi operatorini izlayapmiz.

SIZNING VAZIFALARINGIZ:

— Mijozlarga mahsulotlar, o‘lchamlar va assortiment bo‘yicha maslahat berish;
— Buyurtmalarni qabul qilish va to‘g‘ri rasmiylashtirish;
— Mijozlarning savollari va e’tirozlari bilan professional ishlash;
— CRM tizimida ishlash va ma’lumotlarni o‘z vaqtida yangilash;
— Buyurtmalar holatini kuzatish;
— Yetkazib berish jarayonini nazorat qilish;
— Mijozlarga yuqori darajadagi servis ko‘rsatish va qayta murojaat qilish istagini shakllantirish.

BIZ SIZGA TAKLIF QILAMIZ:

Daromad:

— 1-oy — 4 000 000 so‘m;
— Keyingi oylardan — oklad + sotuv natijalariga asoslangan KPI bonusi.

Karyera o‘sishi:

Bu lavozim faqat operatorlik bilan cheklanmaydi.

Yuqori natijalar va boshqaruv ko‘nikmalarini rivojlantirgan xodimlar uchun kelajakda Sotuv bo‘limi rahbari lavozimigacha o‘sish imkoniyati mavjud.

Shuningdek, siz:
— sotuv bo‘yicha professional ko‘nikmalaringizni rivojlantirasiz;
— CRM va mijozlar bilan ishlash tajribasiga ega bo‘lasiz;
— katta va rivojlanayotgan fashion kompaniyasida tajriba orttirasiz.

ISH GRAFIGI:

6/1

Smenalar:

09:00–18:00
13:00–22:00

BIZ UCHUN MUHIM:

— Operator, sotuv menejeri yoki mijozlarga xizmat ko‘rsatish sohasida ish tajribasi;
— CRM tizimlarida ishlash ko‘nikmasi;
— Mijozlar bilan to‘g‘ri va ishonchli muloqot qila olish;
— Rus tilini bilish;
— Xushmuomalalik va mijozlarga yuqori darajadagi xizmat ko‘rsatish;
— Stressga chidamlilik;
— Natijaga yo‘naltirilganlik;
— O‘rganish va rivojlanishga bo‘lgan istak.

Siz shunchaki operator bo‘lib ishlashni emas, sotuv sohasida karyera qurishni xohlaysizmi?

Unda DILMUSS jamoasiga qo‘shiling va biz bilan birga o‘sing!