Rahimov School
Iste'dodlar Zargari (Rekruter / Talent Acquisition Specialist)
- Подбор персонала
- Обучение и развитие
- Адаптация персонала
- Обучение персонала
- Навыки презентации
- Тренинги
- Английский — B2 — Средне-продвинутый
- Русский — C1 — Продвинутый
Sharqda azaldan asl javohirni oddiy toshdan faqatgina haqiqiy mohir zargarlar ajrata olgan. Bizning kompaniyamiz ham o'z jamoasiga shunchaki rezyumelarni yig'adigan xodimni emas, balki minglab odamlar ichidan "brilliant"larni topib, ularga to'g'ri sayqal bera oladigan va jamoaga moslaydigan Iste'dodlar Zargarini qidirmoqda.
Agar siz uchun insonlarning salohiyatini kashf etish quruq jarayon emas, balki o'ziga xos san'at bo'lsa, bu rol aynan siz uchun.
Nimalar qilish kerak:
Javohirlarni izlash (Full-cycle recruiting): Nomzodlarni bozordan qidirib topishdan boshlab, to ular jamoaga moslashib ketguniga (onboarding) qadar bo'lgan barcha amaliy jarayonlarni bevosita o'z qo'lingiz bilan bajarasiz.
Zargar tarozisi (STAR va CARE): Intervyularda insonlarning nafaqat chiroyli so'zlarini, balki real tajribasi va xarakterini STAR hamda CARE metodologiyalari asosida aniq, xolisona o'lchaysiz.
Raqamli karvonsaroy (Jobster CRM): Barcha nomzodlar bazasini va yozishmalarni Jobster CRM tizimida tartibli olib borasiz. Bizning qoidamiz: karvonsaroyga kelgan mehmon (nomzod) e'tiborsiz qolmaydi, hammaga o'z vaqtida sifatli "feedback" beriladi.
Sun'iy intellekt bilan hamkorlik: AI vositalaridan yordamchi (shogird) sifatida foydalanib, vakansiya matnlarini yozish yoki sorsing kabi rutinalarni unga topshirasiz. O'zingiz esa eng muhim jihatga — inson psixologiyasi va muloqotga e'tibor qaratasiz.
Chuqur tahlil: SHL darajasidagi analitik vositalar orqali nomzodlarning nafaqat bugungi malakasini, balki ertangi potensialini ham o'qiy olasiz.
Nomzodda nimalarni ko'rishni istaymiz:
Siz odamlarni yaxshi ko'rasiz va ularni tinglay olasiz. "Besh qo'l barobar emas" deganlaridek, har bir nomzodga individual yondashasiz.
Qaror qabul qilishda hissiyotlarga emas, balki aniq faktlarga, test natijalari va skorkardlarga tayanib ish ko'rasiz (zargarning tarozisi adashmasligi kerak).
Siz bo'lim rahbarlariga (hiring managers) shunchaki buyurtma bajaruvchi emas, balki to'g'ri maslahat beradigan, bozor holatini tushuntiradigan haqiqiy hamkor (partner) bo'la olasiz.
Biz nima bera olamiz:
Yuqoridan turib ko'rsatma beradigan emas, balki ishni bevosita o'zi tashkil qilib, jarayondan zavq oladigan nomzodlar uchun ideal va erkin muhit.
Shaffoflik va hurmat. Biz muntazam ravishda eNPS so'rovnomalarini o'tkazamiz va "360 daraja" baholash tizimi orqali jamoaning sog'lom iqlimini saqlaymiz.
Eng so'nggi HR-trendlar va texnologiyalarni amalda qo'llash erkinligi.