Rahimov School

Tabiiy fanlar (Science) o‘qituvchisi

4 500 000 - 5 000 000 UZS
  • Ташкент
  • От 3 до 6 лет
  • преподавание
  • методическая работа
  • работа с детьми
  • педагогические методики
  • Английский язык
  • Узбекский — C2 — В совершенстве
  • Русский — B2 — Средне-продвинутый
  • Английский — B2 — Средне-продвинутый

Bolalarni kashf qilish, savol berish va tajriba orqali o'rganishga ilhomlantira olasizmi?

Biz 0-4 sinf o'quvchilari uchun quyidagi tillarda dars bera oladigan ijodkor va energiyaga ega Tabiiy fan (Science) o'qituvchisini jamoamizga taklif qilamiz:

O'zbek tili va Rus/Ingliz tillari

Sizdan nimalar kutiladi:

  • Boshlang‘ich sinflar uchun tabiiy fanlar (science) bo‘yicha o‘quv dasturini ishlab chiqish va joriy etish

  • Science fanini sodda, qiziqarli va interaktiv tarzda tushuntirish

  • Tajribalar, o'yinlar va kreativ metodlardan foydalanish

  • Bolalar bilan samimiy va professional muloqot qila olish

  • Mas'uliyat, kreativlik va yuqori energiya

Biz kimni qidiryabmiz

  • Biologiya, ekologiya, yoki tabiatshunoslik yo‘nalishida oliy maʼlumotga ega

  • O'zbek tilidan tashqari ingliz yoki rus tillarini biladigan

  • Kamida 3 yillik maktabda o‘qituvchilik tajribasi bor

  • Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan ishlash bo‘yicha tajribaga ega

  • O‘quv materiallarini tushunarli, qiziqarli va vizual tarzda yetkazib bera oladigan

  • Interaktiv dars metodlariga ega bo‘lgan va qo‘llay oladigan

  • O‘quvchilar bilan samimiy va rag‘batlantiruvchi munosabatda bo‘la oladigan

Afzallik sifatida ko‘riladi

  • CLIL yoki STEAM yondashuvlar bilan ishlagan bo‘lish

  • Eko-loyihalar va fanlararo tadbirlarni olib borish tajribasi

  • Ta’lim texnologiyalaridan (Google Classroom, interaktiv testlar, video platformalar) foydalana olish

  • Fan haftaliklari, olimpiadalar yoki maktabdan tashqari loyihalarda ishtirok etish

Sizga takliflarimiz

  • Raqobatbardosh va o'z vaqtida beriladigan oylik maosh

  • Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga qabul

  • Haq to'lanadigan yillik va oylik saqlanadigan kasallik ta'tillari

  • Sohaviy kurslar va treninglar uchun xarajatlar maktab tomonidan 50% gacha qoplanadi

  • Maktab asoschisi Aziz Rahimov tomonidan muntazam trening va kurslar

  • Hurmatga asoslangan, sokin ish muhiti va professional jamoa

  • Kompaniya tomonidan 50% qoplanadigan mazali tushlik