GOODLAND PROPERTY
Оператор Call-центра
- Навыки продаж
- Холодные продажи
- amoCRM
- Поиск и привлечение клиентов
- Ведение переписки
- Умение работать в коллективе
- Телефонные переговоры
- Узбекский — C1 — Продвинутый
Kompaniya haqida
GOODLAND PROPERTY Toshkent ko'chmas mulk bozorida faol rivojlanayotgan kompaniya hisoblanadi. Biz mijozlarga yangi binolardan kvartira tanlashda yordam beramiz va shaharning yetakchi quruvchi kompaniyalari bilan hamkorlik qilamiz.
Jamoamiz kengaymoqda, shuning uchun mijozlar bilan muloqot qila oladigan, e'tirozlar bilan ishlashni biladigan va savdo sohasida rivojlanishni istagan tajribali call-markaz operatorini izlayapmiz.
Vazifalar
- Kiruvchi qo'ng'iroq va xabarlarni qabul qilish, obyektlar bo'yicha maslahat berish
- Iliq va sovuq baza bo'yicha qo'ng'iroq qilish
- Mijozning ehtiyojini aniqlash va e'tirozlar bilan ishlash
- Mijozlarni menejer bilan uchrashuvga yozish
- Mijozlarni amoCRM tizimida yuritish
Talablar
- Call-markaz, savdo yoki mijozlarga xizmat ko'rsatish sohasida kamida 1 yillik tajriba
- O'zbek tilini erkin bilish shart, rus tilini bilish ustunlik bo'ladi
- Savodli nutq, kompyuterda ishonchli ishlash, tez matn terish
- Sovuq qo'ng'iroqlarga va reja asosida ishlashga tayyorlik
- amoCRM yoki boshqa CRM tizimida ishlash tajribasi ustunlik bo'ladi
Sharoitlar
- Asosiy maosh 3 000 000 so'm + KPI 4 000 000 so'mgacha + natija uchun bonuslar
- KPI uch ko'rsatkich bo'yicha hisoblanadi: murojaatlarga javob berish tezligi (SLA), CRM yuritish va belgilangan uchrashuvlar soni
- O'rtacha daromad: oyiga 8–10 mln so'm
- Ish grafigi: 6/1, 9:00 dan 18:00 gacha, dam olish kuni o'zgaruvchan
- Ofis: Sayxun ko'chasi, 171 (mo'ljal: Greenwich turar joy majmuasi)
- Mahsulot va skriptlar bo'yicha o'qitish, rahbar ko'magi