ИП ООО AI CAR
SMM-менеджер
900 - 1 000 USD
- Видеосъемка
- Видеомонтаж
- Написание рекламных сценариев
- Копирайтинг
- Таргетинг
- Аналитика продаж
- Графический дизайн
Vazifalar:
- AICAR avtosalonining Instagram, Telegram va boshqa ijtimoiy tarmoqlarini muntazam yuritish;
- SMM strategiya va oylik/haftalik kontent-reja ishlab chiqish;
- Avtomobillar, yangi kelgan modellar, aksiyalar, narxlar va maxsus takliflar haqida kreativ kontent yaratish;
- Reels, Stories, post va boshqa zamonaviy formatlarda kontent tayyorlash;
- Avtosalonda avtomobillarni professional tarzda foto suratga olish;
- Video uchun kreativ g‘oyalar, ssenariylar va qisqa matnlar ishlab chiqish;
- Avtomobil modellari haqida mijozga tushunarli va qiziqarli tarzda ma’lumot beruvchi videolar tayyorlash;
- Trendlar, viral formatlar va yangi SMM yo‘nalishlarini kuzatish hamda AICAR kontentiga moslashtirish;
- Instagram va boshqa platformalarda auditoriya faolligini oshirish;
- Reklama va target kampaniyalarini ishga tushirish, monitoring qilish va samaradorligini tahlil qilish;
- Reklama orqali kelayotgan murojaat va leadlarni kuzatish hamda ularni sotuv bo‘limiga o‘z vaqtida yetkazish;
- Blogerlar va boshqa media hamkorlar bilan hamkorlikni tashkil qilish;
- Mijozlarning kommentariya va Direct murojaatlarini nazorat qilish;
- AICAR brendining yagona uslubi va ijobiy imidjini saqlash;
- Sotuv bo‘limi bilan hamkorlikda avtomobil savdosini oshirishga qaratilgan kontent va reklama loyihalarini amalga oshirish.
- SMM sohasida kamida 2 yil ish tajribasi;
- Instagram, Telegram platformalarini yaxshi bilish;
- Reels va Stories uchun kontent yaratish bo‘yicha amaliy tajriba;
- Telefon orqali sifatli foto va video suratga olish qobiliyati;
- CapCut yoki boshqa video montaj dasturlarida ishlay olish;
- Kreativ fikrlash va yangi kontent g‘oyalarini taklif qila olish;
- Qiziqarli va sotuvga yo‘naltirilgan matnlar yozish qobiliyati;
- Target reklama va Meta Ads asoslarini bilish;
- SMM statistikasi va reklama natijalarini tahlil qila olish;
- Zamonaviy trendlar va ijtimoiy tarmoqlar algoritmlarini kuzatib borish;
- O‘zbek tilini mukammal bilish;
- Mas’uliyatli, faol, tashabbuskor va natijaga yo‘naltirilgan bo‘lish;
- Avtomobil mavzusiga qiziqish va avtomobillar haqida tez o‘rganish qobiliyati;
- Portfolio yoki avvalgi ish namunalarining mavjudligi katta ustunlik hisoblanadi.
- Tashkent shahrida AICAR avtosalonida ofisda ishlash;
- To‘liq ish kuni;
- Ish grafigi: 6/1;
- Ish vaqti: 09:00–18:00;10:00-19:00
- Ish haqi: suhbat natijasiga ko‘ra, nomzodning tajribasi va professional darajasiga qarab;
- Zamonaviy va rivojlanayotgan avtomobil kompaniyasida ishlash imkoniyati;
- Kreativ g‘oyalarni amalga oshirish va yangi loyihalarni rivojlantirish imkoniyati;
- Professional rivojlanish va martaba o‘sishi;
- Do‘stona va faol jamoa;
- Ish uchun zarur sharoit va resurslar bilan ta’minlash;
- Kompaniyaning yangi avtomobil modellari va marketing loyihalarida ishtirok etish